Bob. «Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi» fani predmeti va asosiy tushunchalari



Yüklə 67,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#174880
  1   2   3
1-mruza




1 BOB. «ILMIY-TADQIQOT METODOLOGIYASI» FANI 
PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI 
 
1.1. «Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi» fani predmeti va asosiy 
tushunchalari 
 
Barchamizga 
ma‘lumki bakalavriat bitiruvchilari yо‗nalish 
bо‗yicha belgilangan bilim va kо‗nikmalarga ega bо‗lishadi. 
Magistratura mutaxassislik sifatida talabalariga biror tor soha bо‗yicha 
mutaxassislik taqdim etadi. Buning uchun magistratura talabalaridan 
tanlangan sohalari bо‗yicha ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash va ushbu 
mavzu doirasida ilmiy salohiyat egasi bо‗lgan professor-о‗qituvchi 
rahbarligida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish talab etiladi. 
Magistraturaning birinchi bosqichining ilk kunlaridan talabalarga ilmiy-
tadqiqot olib borish usullari bо‗yicha bilim va kо‗nikmalar berish 
zarurati tug‗iladi. Shuning uchun magistratura talabalari uchun ―Ilmiy-
tadqiqot metodologiyasi‖ fani kiritilgan bо‗lib, uning doirasida 
talabalarga ilmiy tadqiqotni tо‗g‗ri tashkil etish, olib borish, ilmiy 
axborotlarni qidirish va ulardan о‗rinli foydalanish, natijalarni 
rasmiylashtirish (ilmiy maqola va dissertatsiya kо‗rinishida), natijalarni 
bayon etish kabi kо‗nikmalar hosil qilinadi. 
Fanni о‗rganishda asosiy predmet sifatida ilmiy bilish usuli 
qо‗llanilib, uni muxandislik fan sohasiga yо‗naltirilgan kо‗rinishda 
taqdim etiladi. Albatta, qо‗llanilgan usullar asosida olingan natijalar 
о‗tkazilgan tajribaviy tadqiqotlar bilan asoslanadi, buning uchun vaqt va 
makonga bog‗langan tajribalar grafiklar yoki jadvallar kо‗rinishida 
taqqoslanishi kо‗rsatiladi. 
Mazkur fanni о‗rganish orqali quyidagilarga ega bо‗ladi: 
• 
Magistratura talabasi ilmiy faoliyat bilan shug‗ullanishni 
boshlaydi; 
• 
Barchaga ma‘lum muhandis mutahassisliklari ilmiy-tadqiqot 
natijalarini joriylashtiruvchi asosiy yо‗nalish hisoblanadi; 
• 
Ilmiy qarashlar bilan boyitilgan ishlanmalar mukammal bо‗ladi; 
• 
Tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy maqola shakllantira oladi; 
• 
Umuman olganda nazariy qarashlarni asoslash imkoniyati 
yaratiladi; 
• 
Dissertatsiya mavzusi bо‗yicha tadqiqot elementlari о‗rganiladi! 
Kursning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 




Texnika 
yо‗nalishi mutahassisligi bо‗yicha ilmiy bilish 
kо‗nikmalarini hosil qilish; 

Insonning predmet soha bо‗yicha ichki qonuniyatlarni ilmiy 
bilishga bо‗lgan intilishlarini shakllantirish; 

Predmet soha bо‗yicha ilmiy tadqiqot olib borish, tahlillash 
kо‗nikmalarini shakllantirish; 

Ilmiy ish (ilmiy tahlil, maqola va dissertatsiya ishini yoza olish) 
olib borish kо‗nikmasini hosil qilish. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish orqali magistratura talabalari 
quyidagi natijalarga erishadi: 

Ilmiy tadqiqot olib borishni rejalashtirish; 

Tadqiqot yо‗nalishi bо‗yicha manbalarni tahlil qila olish; 

Muammoviy soha bо‗yicha ilmiy maqola yoza olish; 

Dissertatsiya tarkibini shakllantira olish kо‗nikmalariga ega 
bо‗lishadi. 
Mazkur о‗quv kursining berilishi asosiy bitta fan tushunchasi
ilmiy tadqiqot yuritish metodologiyasini о‗zida mujassamlashtirar ekan. 
Bu yerda bir nechta savollar paydo bо‗ladi. Fan tushunchasi о‗zida 
nimani mujassamlashtiradi, uning asosiy tarkibiy elementlari bо‗yicha 
tasavvur hosil qilib olish о‗rinli. 
Fan tushunchasi kо‗pqirrali hisoblanadi. Bir tomondan, fan sifatida 
bizni о‗rab turuvchi olamni hatti-xarakatlari qonuniyatlari tо‗g‗risidagi 
tushunchalar tizimini tushunish mumkin. Boshqa tomondan, fan 
tushunchasi о‗zida tabiat, jamiyat va fikrlash bо‗yicha yangi bilimlar 
olishga yо‗naltirilgan tadqiqot faoliyati sohasini qamrab oladi. Shu bilan 
birga ba‘zida fan sifatida voqeylikning ijtimoiy ongdagi inikosi bо‗lgan 
ijtimoiy bilish kо‗rinishidagi insoniyatning tajribalari majmuasini 
tushunish mumkin. 
Mazkur kо‗rinishdagi faoliyat jamiyatda mehnatning taqsimlanishi 
orqali yuzaga kelgan. Jismoniy mehnatdan aqliy mehnatning ajralishi 
jamiyatda о‗ziga hos bо‗lgan faoliyat turini bilan shug‗ullanuvchi 
insonlar guruhini hosil bо‗lishiga olib keldi. 
Insoniyat tarixida rо‗y bergan ilmiy-texnika inqiloblari natijasida 
ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich mashinalashuvi fanning 
jamiyatdagi о‗rnini о‗sishiga olib keldi. Mazkur soha vakillariga 
nisbatan 
munosabatning 
ham 
о‗zgacha 
kо‗rinishi 
jamiyat 
munosabatlariga ham о‗zgartirish kiritdi. Ilmiy-texnika revolyusiyasi 
sharoitida fanning tubdan qayta qurilish jarayoni yuz bergan. Bu fanning 



bо‗layotgan о‗zgarishlarni aks ettirish va unga xizmat qilish emas, 
balkim uni 100 yilliklar ilgarilab ketishiga olib kelgan. Bu esa fanni 
hamisha taraqqiyotning xarakatga keltiruvchi kuchi sifatida qaralishiga 
olib kelgan. 
Moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiyot yoki siyosatda, boshqaruv 
sohasida va ta‘lim tizimida rivojlanishga erishish uchun ilmiy 
yondashuvning 
zarurati 
fanni 
rivojlantirish 
boshqa 
sohalarni 
rivojlantirishdan ustuvor hisoblangan. 
Zamonaviy jamiyatning barcha jabhalarining rivojlanishi bevosita 
fan va texnika ta‘siri ostida yuz bergan. Hozirda fan jamiyat kuchining 
asosiy belgilovchi mahsuldor kuchi bо‗lib qolmoqda. Fanlarni tasniflash 
fanni ilmiy bilimlar tizimi kо‗rinishdagi rivojlanishi tendensiyalari bilan 
uzviy bog‗liq hisoblanadi. Fanning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari 
sifatida quyidagilarni e‘tirof etish о‗rinli: 
1.
fanning 
diffirensiallashuvidan 
uning integratsiyalashuviga 
о‗tish; 
2.
funksionalligidan qismiy tegishlilikka о‗tish. 
О‗rganilayotgan obyektning о‗ziga hos hususiyatlariga asoslanib 
fanni tabiiy, gumanitar va ijtimoiy, texnik kо‗rinishlarga ajratish 
mumkin.
Tabiiy fanlar moddiy olam obyektlarini о‗rganadi. Gumanitar va 
ijtimoiy fanlar insonning ma‘naviy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari 
obyektlarini о‗rganadi. Texnika fanlari tabiiy jismlarni о‗zgarish usullari 
va texnik obyektlardagi jarayonlar, obyektlarning о‗zi va ularning 
faoliyat kо‗rinishlarini о‗rganadi. 
Tabiiy fanlarga fizika-matematika, kimyo, yer haqidagi fanlar, 
biologiya, meditsina biologiyasi, qishloq hо‗jaligi fanlari kiradi. 
Gumanitar va ijtimoiy fanlar о‗ziga tarix fanlari, davlatlar va xalqlarning 
rivojlanish nazariyasi, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, pedagogika, 
sotsiologiya, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, huquq, psixologiya va shu 
kabi fanlar kiradi. 
Barcha aniq fanlar uchun quyidagi о‗ziga hos belgilar ajratiladi: 
1.
asosiy qonuniyat, asoslanish, qoidalar mantiqiy zid 
bо‗lmasligi; 
2.
qonunlar, qoidalar, xulosalar tajribaviy tadqiqot dalillari 
bilan asoslanganligi; 
3.
asosiy holatlar, teoremalar, asoslashlar, formulalar va 
h.k.lar tо‗liq isbotlangan (mantiqiy yoki matematik) 
bо‗lishi; 



4.
boshqa fanlarga zid bо‗lmasligi; 
5.
natijalarning amaliy ahamiyatliligi va zaruriyati; 
6.
bashoratlanayotgan va tahmin qilinayotgan samaralarning 
qayta shakllantirilishi; 
7.
munozaraga ochiqlilik, qolib ketgan holatlarni qayta kо‗rib 
chiqish mumkinligi. Ahamiyatga ega bо‗lmagan belgi: 
ilmiy konseptning ilmiy muhit va uyushma tomonidan tan 
olina borilishi. 
Psevdofan mazkur tamoyillarni qanoatlantirmasligi hamda jamiyat 
uchun zararli bо‗lishi mumkin. Chunki bunday fanlar katta moliyaviy 
kо‗mak olib, jamiyatga foyda о‗rniga turli shovinistik g‗oya va yot 
fikrlarni singdirish uchun xarakat qilinadi, buni tо‗g‗ri yо‗ldan 
chilg‗itish deb tushunish ham mumkin. Bunday fanlar sirasiga kiruvchi 
mashhurlari astrologiya, parapsixologiya, arvixshunoslik, ufologiya va 
shu kabi fanlarni kiritish mumkin. Biroq ba‘zi fanlar borki, ular о‗z 
vaqtida jamiyat uchun ―zararli‖ hisoblangan psevdofan bо‗lgan bо‗lsada, 
vaqt о‗tishi bilan ular taraqqiyotning asosiy lokomotivlariga aylangan. 
Fan sohasi bо‗yicha ilmiy tadqiqot olib borish ilmiy maqomining 
asosiy belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin; 
1.
sohaviy va obyektliligi. Bu yerda fan biror sohaga tegishli 
va albatta, о‗z obyektiga egaligi nazarda tutiladi; 
2.
fan qamrovi. Fan sohasi о‗zining qamroviga ega bо‗lishi, 
uning belgilangan chegaralarining mavjudligi; 
3.
faoliyat vositalarining mavjdligi. Fanning obyekt bilan 
ishlashi uchun biror vositasining mavjud bо‗lishi nazarda 
tutiladi, masalan, axborot texnologiyalari axborot tashkil 
etuvchisi ma‘lumotga ishlov berish, uzatish va qabul qilish 
matematik va texnik vositalariga ega; 
4.
tadqiqot usullarining mavjudligi. Jarayonni о‗rganish 
usullari, obyektga ishlov berishning fizik va matematik 
usullari nazarda tutiladi; 
5.
ilmiy tadqiqot olib boruvchi subyektning mavjudligi. Bu 
yerda tadqiqotchi nazarda tutiladi, uning mavjud 
bо‗lmasligi fanning yuritilishiga asosiy tо‗siq hisoblanadi. 
Ilmiy tadqiqot olib borish asosiy tamoyillari bilan bir qatorda ilmiy 
bilishning о‗zining tuzilmasiga tо‗htalib о‗tish о‗rinli. Bunda tadqiqotchi 
dastlab muammo tо‗g‗risida yetarli tasavvurga ega bо‗lishi lozim. Bu 
bilim tadqiqotchining muammo obyektini va masalasini tо‗la tasavvur 
qilish imkonini beradi. Ushbu muammo va masalalarni yechish uchun 



tadqiqotchi biror usullar majmuasiga ega bо‗lishi kerak. Bu usullar 
mantiqiy, fizik yoki matematik kо‗rinishda bо‗lishi mumkin. Mazkur 
element asosida yechimga eltuvchi yо‗l shakllantiriladi. Mazkur 
elementlarni ishlata olish uchun tadqiqotchi obyekt yoki sohani bilishi 
lozim. Bu bilim va kо‗nikmalar yо‗nalish bо‗yicha bakalavriyatda 
umumta‘lim va mahsus fanlar sifatida о‗zlashtiriladi. 
Har qanday tushunchalar biror asoslanishga ega bо‗lgani singari 
ilmiy bilish ham о‗z asoslanishiga ega. Uni quyidagi bilimlar tuzilmasi 
sxemasi kо‗rinishida ifodalash о‗rinli (1.1- rasm): 

Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin