Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari



Yüklə 213 Kb.
səhifə1/9
tarix24.10.2023
ölçüsü213 Kb.
#160436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu ma\'ruzasi


1-MAVZU: EHTIMOLLAR NAZARIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI


Rеja:

  1. Dеtеrministik va stoxastik tajribalar tushunchasi. Ehtimollar nazariyasi stoxastik tajribalardagi qonuniyatlarini o`rganuvchi fan ekanligi. Hodisa tushunchasi va uning turlari.

  2. Ehtimolni aniqlashning klassik va statistik usullari

  3. Tasodifiy miqdor tushunchasi. Diskrеt tipdagi tasodifiy miqdor taqsimot qonuni. Binomial va Pausson qonunlari bo`yicha taqsimlangan tasodifiy miqdorlar.

  4. Normal taqsimot qonuni va «plyus-minus uch sigma» qoidasi

Tayanch tushunchalar: dеtеrministik va stoxastik tajribalar, hodisa, tajriba, muqarrar hodisa, mumkin bo‘lmagan hodisa, tasodifiy hodisa, ehtimollikning klassik ta’rifi, ehtimollikning statistik ta’rifi, «plyus-minus uch sigma» qoidasi.
Dеtеrministik va stoxastik tajribalar tushunchasi. Ehtimollar nazariyasi stoxastik tajribalardagi qonuniyatlarini o`rganuvchi fan ekanligi.
Hodisa tushunchasi va uning turlari
Deterministik tajriba bir xil boshlang'ich shartlar va parametrlarni saqlab, bashorat qilinadigan va takrorlanadigan natijani beradigan tajribadir. Ya'ni, sabab-oqibat munosabatlari to'liq ma'lum.
Masalan, soat qumining bir bo‘linmadan ikkinchisiga o‘tishi uchun zarur bo‘lgan vaqt deterministik tajribadir, chunki natijani bashorat qilish va takrorlash mumkin. Shartlar bir xil bo‘lsa-da, qumning kapsuladan-kapsulaga o‘tish vaqti bir xil bo‘ladi.
Stoxastik tajriba deganda biz natijasini oldindan aytib bo'lmaydigan tajribalami tushunamiz. Bunday tajribalarga kundalik hayotdan, jumladan tabiat va jamiyatdan, fan va texnika sohalaridan ko'plab misollar keltirish mumkin. Shu sababii bu fanning xalq xo‘jaligiga tadbig’i ham kengdir. Fanning asosiy maqsadi tasodifiy hodisalar, ularning ro‘y berish darajasi - ehtimoli, ular orasidagi turli murakkab bog‘lanishlar, ularning sonli ifodasi bo‘lgan tasodifiy miqdorlar va ulaming taqsimot qonunlari, tasodifiy miqdorlar yig‘indisi bilan bog‘liq bo‘lgan turli da'volarni o‘rgatishdan iboratdir.
Ehtimollar nazariyasida hodisa tushunchasi boshlang`ich tushunchalardan biridir.

Yüklə 213 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin