Zararli chiqindilarni chiqarib tashlash natijasida atrof-muhitning zararlanishi
**
*
***
Radiaktiv fon o'rtacha darajasi
*
*
**
Manba: ETTB va Jahon bankining alohida mamlakatlar bo'yicha olib borgan tadqiqotlariga asoslangan yillik hisobotlaridan olingan tahliliy materiallaridan foydalanilgan holda baholandi.
Izoh:*-eng kamxatar,**-o'rtachaxatar,***-yuqori xatar. Loyiha riski - bu investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig'indisidir.
Risk tushunchasiga juda ham yaqin bo'lgan noaniqlik tushunchasi ham mavjud bo'lib, u riskning anik turlarini tasniflash uchun "risk" atamasining sinonimi sifatida qo'llaniladi. Noaniqlik deganda, investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma'lumotlarni to'la yoki aniq emasligi tushuniladi. Masalan, inflyatsiya haqidagi, texnika va texnologiyalardagi o'zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob'ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning noto'g'ri hisob-kitobi kabi ma'lumotlarning to'la yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik kelib chikadi. Bundan tashqari noaniqlik deganda, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holatga etarlicha baho bermaslik va boshka shu kabilar tushuniladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog'liq ko'ngilsiz holatlar va oqibatlar noaniqligi risk tushunchasi bilan izohlanadi.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma'lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e'tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o'tgan va kelasi davr ma'lumotlari etishmasligi yoki to'la emasligi sababli sub'ektiv aniqlangan vaqtda e'tiborga olinadi. har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish va sotish va boshqalar) kelajakning ma'lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo'lishi mumkin. Chunki o'tgan davr ma'lumotlari asosida faqat noma'lum kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan o'tgan rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo'qotish va zararlarga bog'liq bo'lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini 2–chizma
rasm. Noaniqlik va risklarning investitsiya loyihasidagi yo'qotishlarga bog'liqligi
Manba:ShodmonovSh.,Jo‘raevT.Iqtisodiyotnazariyasi.T.:TDIU,2001.527b. orqali ifodalash mumkin.
Iqtisodiy kategoriya sifatida risk - bu bo'lishi mumkin bo'lgan yoki bo'lmaydigan hodisa. Agar bu hodisa bo'lsa ijobiy (foyda, daromad yoki boshqa tushum) va salbiy (xarajatlar, zarar, yo'qotish) natija bo'lishi yoki hech qanday natija bo'lmasligi mumkin.
Moliyaviy operatsiyalar risk darajasini baholashni, uning miqdorini
aniqlashni va uni kamaytirish chora-tadbirlarini qo'llashni talab qiladi.
Investitsiya loyihasini risklarini tasnifini turli tizimlari mavjud. Umuman esa, risklarni to'rt guruhga ajratgan holda quyidagicha tasniflash mumkin (3- chizma).
Manba: ShodmonovSh., Jo‘raevT. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: TDIU, 2001.527b.
Yuqorida keltirilgan risklarning tasnifi shartli ravishda bo'lib, har bir loyiha uchun ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yo'naltirish sifatida qaraladi. Bunday risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi, masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va boshqa loyihaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, investitsiya loyihasini ishlab chiqishda mazkur jarayon va loyihani amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan risklarning har bir turini alohida hisobga olish, o'rganish, aniqlash va tahlil qilish, ularni pasaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo'ladiki, bu risklarga qarshi kurashishning eng o'rinli, foydali vaqti va samarali usuli hisoblanadi. Bunda risklarning o'ziga hos xususiyatlarini ham e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ularning alohida turlari bir-birini qoplovchi "umumiy doira"ga ega.