Bob. Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli XIL nazariyalar sharhi



Yüklə 252,47 Kb.
səhifə5/12
tarix24.12.2023
ölçüsü252,47 Kb.
#191325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Курс иши намуна 2

mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;

  • mehnat sig‘imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  • kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;

  • kapital sig‘imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  • tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;

  • mahsulotning resurslar sig‘imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

    7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab chiqarish jarayonida qо‘llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
    Iqtisodiy о‘sishni tahlil qilishda yuqorida kо‘rib chiqilgan kо‘rsatkichlardan tashqari yana keyingi qо‘shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi kо‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kо‘rsatkichlar, boshqa omillar sarfi о‘zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qо‘shimcha о‘sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qо‘shimcha о‘sishi hajmini belgilab beradi:

    1. keyingi qо‘shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L);

    2. keyingi qо‘shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K);

    3. keyingi qо‘shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).

    Bu kо‘rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining о‘sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:
    .
    Iqtisodiy о‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga tо‘liq jalb qilingan bо‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning о‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bо‘ladi.
    Iqtisodiy о‘sishga ta’sir kо‘rsatuvchi taklif va taqsimlash omillari о‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining о‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy о‘sish uchun imkoniyat yaratadi. Tо‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday о‘sishni rо‘yobga chiqaradi.
    Iqtisodiy о‘sishda resurslarni taqsimlash omillari ham о‘z о‘rniga ega bо‘lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
    Mehnat unumdorligining о‘sishiga olib keluvchi omillarni tо‘laroq qarab chiqamiz.
    Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy о‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti о‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan–texnika taraqqiyoti deyilganda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital qо‘yilmalar (investitsiyalar) mustahkam о‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti kо‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qо‘yilishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bо‘yicha texnologiyani qо‘llash uchun atom elektrostansiyalarini qurish zarur bо‘ladi. Bir qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli rо‘y berish tavsifiga ega bо‘ladi. Gaz va yoqilg‘i dvigatellari, konveyer va yig‘ma liniyalar bizning hayotga о‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.



    Yüklə 252,47 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin