1.1-rasm. Dunyoning ayrim mamlakatlarida 2019-2021 yillar mobaynida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari[9].
Xalqaro valyuta jamg‘armasining yanvardagi hisoboti bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 4,5 foizga yetgan. Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiyoti 2020 yilda 2,2 foizga sekinlashgandan so‘ng, 2021 yilda, Jahon bankiga ko‘ra 8,0 foizga va Xalqaro valyuta jamg‘armasiga 8,1 foizga o‘sgan. Bundan tashqari, Jahon bankiga ko‘ra, 2021 yilda Qozog‘iston iqtisodiyoti 3,5 foizga va Turkiya iqtisodiyoti 9,5 foizga o‘sganligi qayd etilgan.
2021 yilda YaIMning nominal hajmi 734,6 trln. so‘mni yoki 69,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunda, qishloq ho‘jaligi YaIMning 25,0 foizini yoki 183,5 trln. so‘mni, xizmatlar 35,7 foizini yoki 262,5 trln. so‘mni, sanoat 25,8 foizini yoki 189,6 trln. so‘mni, qurilish 6,2 foizini yoki 45,8 trln. so‘mni va eksport import mahsulotlariga sof soliqlar 7,2 foizini yoki 53,2 trln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2021 yilda YaIM tarkibida
sanoatning ulushi 0,4 foizga ko‘paygan. Bungacha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababali sanoatning ulushi 25,7 foizdan 25,4 foizgacha kamaygan edi.
Bundan tashqari, yalpi qo‘shilgan qiymat 2021 yilda 7,5 foizga ko‘payib, 681,4 trln. so‘mni tashkil qildi. 2020 yilda yalpi qo‘shilgan qiymatning o‘sishi 1,9 foizgacha sekinlashgan va 557,8 trln. so‘mga teng bo‘lgan.
1.2-rasm. 2019-2021 yillarda YaIM hajmi va tarkibi [9]
Bundan tashqari, yil davomida inflyatsiyaning monetar omillarini pasaytirish, jumladan, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atlarini (16-18%) YaIM nominal hajmi o‘sish sur’atlariga mutanosib darajada ushlab turish hamda 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Monopoliyaga qarshi siyosat,shuningdek, respublika hududlarida savdo infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham inflyatsiyani jilovlashga qaratiladi va bu raqobatni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Oziq- ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishini cheklash maqsadida har yili ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha hududiy ma’muriyatlarning uni ta’minlash bo‘yicha vazifalari aniq belgilab berilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi. Shuningdek, tashqi qarzning o‘sish darajasini yiliga 4,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida ushlab turish ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ko‘mak beradi. Bunga o‘rta muddatli istiqbolda davlat qarzi YaIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligini nazarda tutuvchi davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibini takomillashtirish orqali erishiladi va bu ish joriy yilda amalga oshiriladi.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash tuzilmalari faoliyatini yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirish sohasida tuman va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida mahallalarda hokimlarning yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boruvchi Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi. Avgustda Prezidentning tadbirkorlar bilan an’anaviy “Ochiq muloqot”ini o‘tkazish rejalashtirilgan. Strategiyada 2026 yilga borib eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 ta faoliyat turlari bo‘yicha monopoliyalarni tugatish ko‘zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |