Bob maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda estetik tarbiyaning ahamiyati


Estetik madaniyatni shakllantirish



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/11
tarix09.02.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#83649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
229769-converted

Estetik madaniyatni shakllantirish


Bu borliqdagi va san’atdagi go'zallikni toiiq idrok etadigan va to'g'ri tushunadigan
shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishga yo:naltirilgan jarayon. U o‘zida badiiy kechinmalar, qarashlar va e’tiqodlar tizimini aks ettiradi, haqiqiy estetik qadri yatlardan zavqlanishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga bu orqali bolalarda turmushning hamma tomonlaridagi go'zallik unsurlarini ilg‘ab olish, xunuklik, didsizlikka qarshi kurashga harakat qilishni tarbiyalaydi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar.
SHaxsning estetik xususiyatlari tug’ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, qiziqishlar, his-tuyg’ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga oshiriladi. Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo’shqin hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, xali ularning estetik tarbiyasi to’g’risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola yaltiroq bo’yoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi.
Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo’shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo’lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda


1
shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas. shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g’amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta'siri paydo bo’ladi va hokazo.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin