(“Dori” atamasi bilan bog‘liq leksik – semantik qurshov)
Dori ishlatuvchi mutaxassis nomi: Kasb-hunar otlari:
Ot+ot
|
Dorilar ishlatuvchi muassasalar nomi: tashkilot nomlari
Ot+ot
|
“Dori” so‘zining ma’nodoshlari va xususiy nomlari: sifat+ot
|
Dorivor meva va o‘simliklar nomi: Ot+ot
|
Kasallik nomlari: Harakat nomi, ot, Ot+ot
|
Davo muolaja usullari nomlari: harakat nomi, ot+fe’l
|
Vrach, terapevt, urolog, ginekolog, nevropotolog, onkolog, hamshira,
lor, xirurg,
|
Shifoxona, kasalxona, tug‘ruqxona, profilaktoriy, sanatoriy, ambulato-riya, tez yordam
v.h.
|
Qaynatma, linement, malham, ilon zahari, tabletka, rinza, mezim, noshpa v.h.
|
Jiyda, bodom, behi, olma, xurmo, aloe, achchiqmiya, moychechak, v.h.
|
Kuyish, shamollash zotiljam raxit, terlama, tumov, buqo,
gippatit,
|
Massaj, parafin quyish, balchiq bilan davolash, bug‘lash,malha m bog‘lash, v.h.
|
psixolog,
ortoped, v.h.
|
|
|
|
grip, v.h.
|
|
Dorini tayyorlash jarayoniga oid so‘zlar:
Harakat nomi, fe’l
|
Muolaja usuli, tartibi miqdoriga oid so‘zlar:
ot+fe’l,ravish
+f, son+fel
|
Dorini saqlashga oid so‘zlar:
ot+ot,sifat+ ot
|
Bemor holatini tasvirlash so‘zlari:
sifat;ot
|
Dorining ta’sirini
sharxlovchi so‘zlar:
Fe’llar, ot,kesim
|
Dorining belgilari: (holati, rangi, shakli,
ta’mi, hidi)
Sifatdosh sifat
|
Terish
|
Til ostiga
|
Qog‘oz
|
Isitmasi:
|
Issig‘ini
|
Tuyilgan,
|
saralash
|
tashlanadi,
|
paketda,
|
yuqori,
|
tushurdi,
|
eritilgan,
|
quritish,
|
chaynab
|
sellofan
|
me’yoriy,yuzi
|
qon
|
ezilgan,
|
maydalash,
|
yutiladi,
|
paketda, shisha
|
: qizil,
|
bosimini
|
sovutilgan
|
ezish, tuyish,
|
surtiladi,
|
idishda, qog‘oz
|
oppoq, ko‘k...
|
tushurdi,
|
dumaloq.
|
qizdirish,
|
kompress
|
qutida, fol’gada,
|
qonsiz, og‘ir,
|
(ko‘tardi),
|
yapaloq,
|
eritish,ivitish,
|
qilinadi, bir
|
sovutgichda v.h.
|
xushsiz,
|
ahvoli
|
qobiqli,
|
qaynatish,v.h
|
kunda
|
|
tili,oq
|
yaxshilandi,
|
quyuq, suyuq,
|
.
|
1(2,3)mahal
|
|
pushtiqizilv.h
|
yomonlashdi
|
achiq, oq,
|
|
ichiladi v.h.
|
|
.
|
ko‘zini
|
qizil,sariq,v.h.
|
|
|
|
|
ochdi,og‘riq
|
|
|
|
|
|
bosildi.v.h.
|
|
Bunday topshiriqlar ko‘proq umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, kasb-hunar (tibbiyot) kollejlari o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishga, ona tilidan egallangan individual bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va rivojlantirishga, asosan ixtiyoriy matnlar yaratishga xizmat qilishi hisobga olinsa, ulardan egallangan BKMlarning amaliy tadbiqini nazorat qilish ishlarida foydalanish, yoki uyga vazifa sifatida berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Mazkur jadvalda 12 ta belgi – yo‘nalish doirasida uyadosh so‘zlar guruhlangan. Mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchi yozgan so‘zlarning soni 100 dan oshgan bo‘lsa, o‘ylab, o‘z xotirasida tiklagan, analiz va sintez qilgan, topshiriq talabiga javob bermaganligi uchun qog‘ozga tushmagan so‘z va atamalar soni bilan qo‘shib hisoblaganda o‘quvchining o‘z xotirasida qayta tiklagan tushunchalari soni 200 dan oshib ketadi. Yuqorida namuna sifatida keltirilgan uyadosh so‘zlar ustida ishlash texnologiyasiga oid mustaqil topshiriqdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi lug‘at zaxirasini oshirish va boyitish, bilan bir qatorda tilning cheksiz imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdir. Uyadosh atamalar ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar tuzish topshiriqlari, o‘quvchini ixtisosiy matn yaratishga o‘rgatish, lisoniy imkoniyatlar (uyadoshlik xodisasi) dan samarali foydalanishga odatlantirishdir.
Shu sababli ona tili ta’limi mazmunini belgilashda o‘quvchining muloqot ko‘lami va darajasi, ijodiy tafakkuri, fikr ifodalash ehtiyoji bilan, tavsiya qilingan til vositalari orasidagi mutanosiblik hisobga olinishi yoki aksincha, o‘rganilishi lozim bo‘lgan til vositalari va me’yorlari miqdorini aniqlashda o‘quvchi shaxsining yosh psixologiyasi, tafakkur qobiliyati, savodxonlik darajasi, o‘zaro muloqot ehtiyoji, rivojlanish ko‘lami hisobga olinishi lozim. Shuningdek, ona tili darsliklarida til mazmunining izchilligini ta’minlash, matn yaratish topshiriqlarini tilning ifoda imkoniyatlarini, o‘quvchining mantiqiy tafakkur xususiyatlarini hisobga olgan holda, muayyan tartibda berish, bolaning ko‘rish, eshitish, fikrni anglash, analiz va sintez qilish imkoniyati, bosqichma – bosqich fikrlash va fikrni rivojlantira bilish ko‘nikmasi hisobga olinishi lozim. Buni amalga oshirish uchun, aniq predmetlarni ifodalovchi so‘zlar, ular tarkibidagi nutq tovushlari, bo‘g‘in, bo‘g‘in ko‘chirish va urg‘ularni bosqichma – bosqich o‘rgatib borish, so‘ngra aniq ma’no va yagona shaklga ega bo‘lgan til vositalaridan (mustaqil so‘z turkumlari) ma’nodosh (sinonim), uyadosh (bir mavzu, bir oila, bir guruh, tir turga, bir paradigma, qurshovga kiruvchi so‘zlar), zid ma’noli (antonim) so‘zlarni hosil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yaxshi samara beradi.
Ona tilidan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda lingvopsixologik qonuniyatlarga amal qilish, ijodiylik hamda mantiqiy izchillikni ta’minlash nihoyatda zarur. Ona tili ta’limi mazmuning bunday tizimda belgilanishi ta’lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda til o‘rganish vositalarining ta’lim jarayoniga dadil kirib kelishi, undan unumli foydalanish usullarining yaratilishi (interfaol o‘qish metodlari), til o‘qitish metodikasining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisining 19 sessiyasida Prezident I.Karimov malakali kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning ham alohida o‘rni borligini ta’kidlab o‘tdi.
Darhaqiqat, yetuk, barkamol kadr bo‘lib yetishish uchun o‘quvchi nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va nutqiy malakasini oshirishi zarur, balki o‘zi yashayotgan jamiyatning turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, ijtimoiy faoliyat yuritish va uni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, marketing va menejment sohalarida, ayniqsa inson omili va unga ta’sir o‘tkazish, uni boshqarishning psixologik tizimini bilish – jamiyatda sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish – uni kamol toptirish yo‘lidir. Bu o‘rinda, ayniqsa, ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va ilmiy-ijodiy munosabatlarning shakllanishini, o‘quvchi shaxsining o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etish mexanizmlaridan biri – ijtimoiy muloqot va uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lmish nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri va ijodiy fikrlash, mustaqil matn yaratish texnologiyasini mukammal egallashi davr talabidir.
Matn yaratishga yo‘naltiruvchi lingvopsixologik o‘quv topshiriqlari tizimini ona tili ta’limiga keng joriy etish, o‘quvchi ongida so‘z boyligini oshirish, qiyoslash, analiz va sintez qilish asosida mustaqil fikrlash, so‘z tanlash va mustaqil fikr bildirish ehtiyojini hosil qilishga yordam beradi. Shunday ko‘nikma va malakalarni uzluksiz shaklantirish va rivojlantirish esa, o‘quvchi nutqiy mahoratining oshib borishi, mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko‘lamining kengayishi hamda matn yaratish ko‘nikmalarining avtomatlashuviga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |