Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari.
Ta’limning rivojlanuvchi va takomillashibboruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili ta’limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. O‘quvchi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – ona tili ta’limi mazmuni, o‘quv jarayoni va uning to‘g‘ri shakllantirilishiga bog‘liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a’zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg‘unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me’yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat.
Shu bilan bir qatorda ona tili o‘qitish metodikasi lingvodidaktik asoslarga ham egaki, bunda til birliklarini nafaqat grammatik xususiyatlariga, balki lug‘aviy ma’nolariga ham asoslangan holda o‘rganish, umumiy va xususiy hodisalarni fikrlash, so‘z boyligini oshirish, og‘zaki nutq, mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, uning rang-barangligi va uslubiy ravonligiga erishish ko‘zda tutiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili tarkibiga o‘zbek tilshunosligining keyingi yutuqlaridan hisoblangan uyadosh so‘zlar guruhi1 tushunchasini kiritishni nihoyasiga yetkazish, uni til o‘qitish metodikasida o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitish maqsadlarida qo‘llash – tilning lug‘aviy vositalaridan foydalanish uchun o‘quvchiga qulay sharoitlar yaratadi, mustaqil fikr ifodalash imkoniyatlarini kengaytiradi, shu puytgacha an’anaviy ona tili darsliklarida berilmagan, uyadosh so‘zlar ustida ishlash amaliyoti o‘quvchining lug‘at zaxirasini kengaytirish va matn mazmunini mukammal shakllantirish BKMlarini egallashga hizmat qiladi.
Sistem tilshunoslikning leksikologiya (so‘zshunoslik) bilimiga taalluqli bo‘lgan UYADOSHLIK HODISASI, uning yangilangan ona tili ta’limi mazmuniga kiritilishi, til o‘qitish metodikasining qon tomiri hisoblangan o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishda yangi, serqirra va mahsuldor imkoniyatlar majmuasini kashf qilinishiga – uyadosh so‘zlar ustida ishlashning o‘ziga xos texnologiyasini yaratishi va ta’lim amaliyotiga joriy etilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Undoshlik hodisasi, uning ta’limiy – rivojlantiruvchi mohiyati ona tili o‘qitish metodikasi fanida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili ta’limi jarayonida uyadosh so‘zlar ustida ishlash – o‘quvchi so‘z zaxirasini boyitish, ijodiy tafakkurini kengaytirish, muayyan yo‘nalishda izlanish va “kashfiyot” qilishga yo‘l ochib berish bilan bir qatorda, o‘quvchi ongiga bir uyaga, bir turga, bir guruhga mansub so‘zlar majmuasi va ularni ajratib, alohidalab turgan leksik – semantik qurshov haqidlik nazariy tushunchalar hosil qiladi. Shunday topshiriqlar ustida ishlash orqali o‘quvchi xotirasida berilgan so‘zning ishlatilishi doirasi, ona tili sathilari va ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi (sathlararo va fanlararo aloqa), so‘z birikmalari tarkibida hokim yoki tobe holatda kelishi, ularning gap va matn tarkibida ifodalanishi haqidagi dastlabki amaliy tushunchalar, bilim ko‘nikma va malakalar shakllanadi, tarkib topadi. O‘quvchining uyadosh so‘zlar ustida mustaqil ishlashi muayyan bir soha va uning atamalari doirasida izlanish, mantiqiy mushohada yuritish, o‘zi uchun yangi, notanish bo‘lgan so‘zlarni kashf qilish faoliyati bilan shug‘ullanishdir. Bunday faoliyat esa tabiat qiziquvchan, ijodkor bola uchun haqiqiy ilmiy – tadqiqot dunyosiga qadam qo‘yish bilan barobar. Bunday kichik “tadqiqot”lar natijasida o‘rganuvchi subyektning bilish faoliyati jadallashadi, mustaqil matn yaratishning, ijodiy fikrlashning mahsuldor manbalari bo‘lmish lug`at zaxirasi kengayadi (atama va tushunchalar muayyan belgilar asosida guruhlarga birlashadi, guruhlar majmuasini kuzatish, tahlil qilish orqali esa o‘quvchi ongida yaxlit bir mazmun – berilgan so‘z va uning uyadoshlari vositasida berilgan mavzu doirasida o‘nlab gaplar quriladi hamda o‘quvchi ongida matn loyihasi shakllanadi, ya’ni, ushbu jarayon subyektning bilish jarayoni ketma – ketligi bilan uyg‘unlashadi).
Mazkur texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish, darsni zamonaviy, interfaol metodlar asosida tashkil qilish, o‘quvchi lug‘ut zaxirasini so‘z gavharlari bilan boyitishning ishonchli va samarali vositasiga aylandi. Ona tili darslarida uyadoshlik hodisasidan keng va izchil foydalanish – o‘quvchi ilmiy dunyoqarashining kengayishi, unda mustaqil fikrlash, nutqiy taraqqiyot jarayonining tezlashuvi, nutqiy barkamollik hamda til ta’limidagi eng dolzarb masala – mustaqil matn yaratishga yo‘naltiruvchi BKM manbalarining paydo bo‘lishi, tug‘ilishi, so‘z, so‘z birikmalari, tasviriy vositalar holatida shakllanishi va o‘quvchi nutqida voqelanishiga sabab bo‘ladi. Uyadosh so‘zlar ustida ishlash qamrovini kengaytirish, shunday ko‘nikma va malakalar hosil qilish bilan muntazam shug‘ullanish esa o‘z navbatida o`quvchi tomonidan yaratiladigan matnning tili ravon, boy va mazmundor bo‘lishiga, matn tarkibidagi imloviy, uslubiy, tavtologik (qaytariq) xatolarning kamayishiga olib keladi, o‘quvchi shaxsini o‘z “men”ini anglab yetishiga, izlanish va ijod qilishga, o‘z nutqiy mahoratini rivojlantirish uni o‘zgalar oldida namoyish qilishga undaydi. Ze’ro, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini matn yaratishga tayyorlash jarayonini o‘quvchini ijodiy mant yaratishga yo‘naltirishning zamonaviy texnologiyasini sathlararo va fanlararo aloqalarsiz, uyadosh so‘zlar ustida ishlash topshiriqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Uyadosh so‘zlar ustida ishlash – ona tili o‘qitish metodikasi (didaktikasi) uchun yangi, o‘quvchining mustaqil matn yaratish faoliyati uchun mahsuldor texnologiya (keng qamrovli ijodiy tafakkur, boy lug‘aviy va sintaktik manba, nutqiy rang-baranglik, atamalar ro‘yxatining belgi, miqdor, harakat va holat tushunchasiga ko‘ra kengayishi) hisoblanadi.
Berilgan mavzuga oid uyadosh so‘zlar topish, yaratilajak matnning asosiy lug‘aviy manbasini ta’minlash bilan bir qatorda o‘quvchiga matn mazmuni, uning tarkibiy qismlari, xatboshlarini to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalarini egallash, milliy lug‘at xazinasiga to‘g‘ri tarafdan erkin kirib borish va maqsadli harakatlanish (ya’ni, ijodiy fikr ifodalash uchun eng maqbul so‘zni tanlash) imkoniyatini beradi va u, o‘quvchi uchun bo‘lg‘usi matn asosini yaratishning ishonchli vositasidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining lug‘at xazinasini uyadosh so‘zlar bilan boyitish, berilgan umumiy ma’noli so‘zning xususiyatlarini topish, yoki, aksincha, so‘zlarni muayyan uya (mas., daraxt, shaxs) asosida guruhlash, berilgan matndan uyadosh so‘zlarni ajratish, ular ishtirokida so‘z birikmalari (SB) hosil qilish, uyadosh so‘zlar va SBlar ishtirokida gap tuzatish, ma’lum bir mavzuda matn yaratish kabi ijodiy – amaliy topshiriqlarni muntazam ravishda, tafakur operasiyalarining sintetik jihatini faolllashtirishga o‘rgatishda muhim, rivojlantiruvchi omil bo‘lib xismat qiladi.
Quyida uyadosh so‘zlar sathidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlovchi topshiriqlardan namuna beramiz.
Mustaqil ish: “Dori” atamasining xususiy uyadoshlarini toping va ular ma’nosini sharxlang. (ular yordamida ixtisosiy matn yarating).
Dostları ilə paylaş: |