7 9 sinfda o’quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantishda baddiy
Ona tili ta’limining yangilangan mazmuni va unda matn yaratish muammosi talqini.
Ta’lim mazmuni masalasi pedagogika tarixida eng qadimiy va,ayni paytda, eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Chunki insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida “Nimani o‘qitish kerak” degan savolga javob izlash bilan shug‘ullanadilar va hali-hamon bu savolga to‘liq, har tomonlama mukammal javobni topa olganlaricha yo‘q. Didaktikaning so‘ngi yutuqlarini o‘zida jam qilgan, ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgain eng yangi ma’lumotlar ham bundan mukammallikka davo qila olmaydi. Biroq muammoni ijobiy hal qilishga intilish, mustaqil, erkin fikrlovchi ma’naviy barkamol insonning tarbiyalashning eng ilg‘or, zamonaviy metodlari, usul va vositalarini topishga bo‘lgan harakat hech qachon to‘xtagani yo‘q va u inson zoti mavjud ekan to‘xtamaydi. Chunki, odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boraveradi.
Barcha rivojlangan davlatlarda ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti va talablariga ko‘ra, pedagogik texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Ta’lim mazmunini shakllantirish 5 ta muhim tarkibiy qismlar (4-jadval) hisobiga amalga oshiriladi:
O‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan ilmiy – nazariy bilimlar tizimi (til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta’riflar).
Tanlangan ilmiy – nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma va malakalar tizimi (ko‘nikma – egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati, malaka esa, muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarining avtomatlashuvidir).
O‘quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish. Faoliyat qayta xotirlash, qisman ijodiy va to‘liq ijodiy darajada bo‘lishi mumkin.
Qayta xotirlash faoliyati – o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan yoki darslikda berilgan namunaga qarab mashq bajarish faoliyatidir. Bu esa o‘rganuvchining faollik darajasini chegaralaydi. U izlanishga, kashf qilishga ehtiyoj sezmaydi.
Qisman izlanuvchanlik faoliyatida o‘quvchi yo‘naltiruvchi topshiriqlar yordamida til xodisalarining o‘xshash va farqli tomonlari ustida o‘ylashi, uni topishi, avvalgi bilimlarni qisman noma’lum sharoitlarda qo‘llashi mumkin.
Ilmiy – ijodiy faoliyatda o‘quvchi hech qanday tashqi yordamsiz, olgan bilimlarini butunlay yangi sharoitda, masalan, kompyuterda qo‘llay olishi, faoliyat uchun zarur bo‘lgan, lekin o‘zida bo‘lmagan bilimlar manbasini topa bilishi, ulardan nutqiy vaziyat taqozosiga ko‘ra, o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini egallashi talab qilinadi. O‘quvchini ijodiy faoliyatga qiziqtirish, uning matn yaratishga bo‘lgan har qanday urinishini qo‘llab – quvvtlash tajribasiga qanchalik ko‘p asoslansak, ta’limning samaradorlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi. Bu munosabatlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi maqsadga intilishdagi sheriklik, o‘zaro tenglik, hamkorlik, muhokama, qiyosiy tahlil, to‘g‘ri hukm va xulosaga asoslanmog‘i lozim. Ta’lim mazmunining bu tarkibiy qismlari chiziqsimon birin-ketinlikda joylashgan xodisalar emas, balki aylanasimon yaxlitlik bo‘lib, bu aylananing boshlanish va tugallanish nuqtasi birinchi va beshinchi qismlari, aylana doirasi esa ijodiy-amaliy ko‘nikmalar zahirasini tashkil etadi.
O‘quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi.
Nutqiy – amaliy ko‘nikmalar zanjirining eng muhim, yakunlovchi halqasi o‘quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi ustida ishlash – o‘quvchi nutqiy iqtidori, matn yaratish ko‘nikmasining malakaga aylanishi, tafakkur mahsulining moddiylashuvidir.
Boshqacharoq aytganimizda tafakkur, nutq, matn yaratish xodisalarini o‘zaro uyg‘unlik va uzluksizlikda, til bo‘limlari va boshqa fanlar bilan mustahkam aloqadorlikda, yozma fikr ifodasini yengillashtiruvchi muayyan bir tizimda o‘rganish kommunikativ savodxonlikning eng so‘nggi natijasi – ijodiy matn yaratish va uni mustaqil tahrir qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga olib keladi.
O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida DTS talablari bo‘yicha belgilangan ona tili o‘qitish mazmuni va undagi matn ustida ishlash va matn yaratish mavzusi yuzasidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Grammatikaga oid bilimlarni egallash – fonetika, leksikologiya, so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksis, yozuv va imlo, tanish belgilari nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalarni o‘rganish, ular amaliyotiga oid BKMlarni egallash;
-birinchi yo‘nalish: - O‘quvchilarning lug‘at zaxirasini kengaytirish va boyitish, so‘zning lug‘aviy ma’nolari ustida ishlash (uyadosh so‘zlar, ma’nodoshlar, zid ma’noli, shakldosh, tarixiy, olinma so‘zlar v.h.), o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi va qo‘llanish doirasini aniqlash;
-ikkinchi yo‘nalish; - o‘zbek adabiy tili me’yorlari, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash, so‘z birikmalari hosil qilish, gap tuzish me’yorlari, til birliklarining uslubiy imkoniyatlari xususan, uyadoshligi (bir mavzu, guruh va uyaga mansub so‘zlar, fanlararo va sathlararo aloqa) va ma’nodoshligi (sinonimiyasi); mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri aniq ravon ifodalash, gramatik sinonimiya (frazeologik sinonimiya, lug‘aviy sinonimiya, qo‘shimchalar sinonimiyasi, gap va matn sinonimiyasi) namunalari ustida ishlash, ifodali o‘qitish (qiroat san’ati) bilan shug‘ullanish;
-uchinchi yo‘nalish: - O‘quvchilarda fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda izchil, to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini egallash, matn tahlili, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi1 .
Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi faoliyati
Fan olimida modellashtirish atamasi tabiat va jamiyatning turli obyektlarini o‘rganish usuli sifatida keng qo‘llanilmoqda. Iqtisodiy aloqalar, biologik, fiziologik jarayonlar, ijtimoiy strukturalar, texnik vositalar, ekologik vaziyatlar va til xodisalari modellashtirilmoqda.
O‘qituvchi faoliyati moduli muallifi N.Saidahmedov o‘qituvchi faoliyati strukturasini anchagina mukammal yorita olgan. Unda o‘quvchi faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan va u birlamchi mavqega ko‘tarilgan. N.Saidahmedovning fikricha, darsning natijasi bevosita o‘qituvchi shaxsiga, uning shaxsiy fazilatlari-yu, sifatlariga chambarchas bog‘liq emas! Aslida ham yangi texnologiya bilan ishlayotgan o‘qituvchi asosan ta’lim jarayonini, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Albatta, biz bu bilan dars sifati va samaradorligi o‘qituvchi shaxsiga butunlay aloqador emas, deyishdan yiroqmiz. O‘qituvchining ijobiy fazilatlari, dars berish mahorati qancha kuchli bo‘lsa, o‘quvchi faoliyati shunchalik samarali bo‘lishi shubhasiz, biz aytmoqchi bo‘lgan fikr boshqa. Zamonaviy texnologiya asosida o‘tilgan darsning ijobiy samarasi – o‘qituvchi shaxsi va uning pedagogik mahorati mahsuligina emas, balki unda o‘quvchining, ya’ni o‘rganuvchi subyektning ham ilmiy izlanishlari, ijodiy o‘quv faoliyati, katta-kichik kashfiyotlari yotadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hukmronlik qilayotgan bugungi kun ta’limida noan’anaviy interfaol usullar, yangicha yondashuvlar, doimiy ravishda rivojlanib, takomillashtib boraveradi va bunday darslarda o‘qituvchi shaxsi hukmronlikdan boshqaruvchilik tamoyiliga o‘tadi.
Asosiy talab dars rejasida ko‘rsatilgan faoliyat turlarining maqsadga muvofiq, aniq va mukammal bajarilishi-dir. Zero, zamonaviy darslarda faol ishlovchi – o‘quvchi, uning yo‘naltiruvchi topshiriqlar, mustaqil izlanishlar natijasida egallagan BKMlari, ularning o‘quvchi nutqiy faoliyatiga, matn yaratish madaniyatiga ijobiy ta’siri – DTS talablarida ko‘rsatilgan “ijodiy tafakkur sohibi”ga mos va xos bo‘lgan natijadir.
Demak, N.Saidahmedovning o‘qituvchi faoliyati modeli noan’anaviy usullarga va yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy dars tabiatiga ham mos keladi. Binobarin, u zamonaviy ona tili darsi strukturasidan mustahkam o‘rin olgan va biz tavsiya qilayotgan ongli verbal – kognitiv ta’lim tizimiga mohiyatan zid emas. Chunki OVKT tizimida ham o‘qituvchi shaxsi emas, balki uning maqsadli faoliyati, ya’ni tanlash, yo‘naltirish, nazorat qilish, xulosalashi muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rinadiki, o‘qituvchi faoliyati modeli va OVKT ta’lim tizimi bir – birini inkor qilmaydi, aksincha, bir-birini to‘ldiradi, zamonaviy ta’lim jarayonini, undagi subyektlarning o‘rni, roli, funksiyalarini to‘g‘ri tushuntirishga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisining (9-sinf) erkin fikrlash, mustaqil matn yaratish malakalari, sifati va darajasi ona tilidan DTSlari talabiga javob beradimi? Bu borada ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish qay ahvolda?
Mustaqil yaratilgan badiiy matn – o‘quvchining imlo savodxonligi, ijodiy tafakkuri, so‘z boyligi, nutqiy salohiyatini namoyish etuvchi ko‘zgu, aks sado. Chunki o‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning amaliy tadbiqi – o‘quvchining o‘zi mustaqil yaratgan matndagina o‘z ifodasini topadi. Zero, o‘quvchining suhbatdosh fikrini qabul qilish va o‘z fikrni ifodalashga qaratilgan ehtiyoji asosiga qurilgan amaliy faoliyatiga ona tilidan egalagan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, kommunikativ savodxonlik darajasining oshib borishi, matn yaratish ko‘nikmalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday faoliyatgina ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha DTS talablariga mos keladi va o‘quvchida ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi muhim didaktik vosita vazifasini bajara oladi.
Demak, mustaqil matn yaratish darajasi (o‘quvchi ongida nutqiy tafakkurini kengaytirish, rivojlantirish va mustaqil matn yaratishga yo‘naltirilgan lingvopsixologik o‘quv topshiriqlar: rasmli nutqiy vaziyatlar, muammoli savol va masalalar, qiziqarli dizayn; elektron slayd va versiyalar, axborot texnologiyasi bilan to‘yintirilgan ta’limiy – didaktik vositalar yordamida shakllantirilgan) egallangan BKMlarning amaliy tatbiqi darajasini aniqlashga xizmat qiladigan me’yorlar tizimida aks etishi kerak.