1.Tabiatni muhofaza qilish. 2.Biosfera va taraqqiyot. 3.Dunyo miqyosida yoqilg’i manbalarining tabiatga ta’siri. 4.Elektr stansiyalarning atrof-muhitga ta’siri va ta’sir doirasini kamaytirish yo’llari. 1. Tabiatni muhofaza qilish Tabiatni muxofaza qilish. YOqilg’idan foydalanuvchi hamma texnik vositalar, yil davomida havo havzasiga kuyidagi zararli moddalarni chiqarib yuboradilar: SO2(180-200) /106 tonna, S-(350-400) /106 tonna, NO2-(60-65) /106 tonna, SO2-(80-90) /106 tonna.
Insoniyat faoliyati natijasida har yili atmosferaga (350-400) /106 tonna chang chiqarib yuboriladi, tabiiy ofatlar natijasida esa bu ko’rsatkichdan 10 barobar ko’p chang chiqarilib yuboriladi.
Atmosferaga chiqarilib yuborilayotgan chang va boshqa chiqindilar koinotimiz bo’ylab notekis tarqalgan. SHahar joylarining changlanganligi qishloq joylariga qaraganda 9-10 marotaba yuqori. Masalan, okean ustidagi havoning changlanganligi 1 sm3 da 500 ta zarrachani tashkil etadi, shaharda esa 1 sm3 da 105 zarrachani tashkil etadi.
Energetikani rivojlanishi natijasida erning yuza qismi ham ifloslanmoqda. Toshko’mirda ishlovchi IES va qozon qurilmalari katta kultepalar hosil qilinib, 1 GVt quvvatga ega IES yiliga yuzasi 0,5 km2 va balandligi 2 metr bo’lgan kultepa hosil qiladi. Kultepalarni kulini qurilish materiallari sifatida foydalanish hozirgi davrda eng muhim masalalaridan biri.
IES ning atrof muhitga zararli ta’siri avvalo katta miqdordagi kislorodni, yoqilg’ini yoqish uchun foydalanish va atmosferaga SO2gazini chiqarib yuborish, shuningdek atmosfera haroratini ko’tarilishi bilan bog’liq. Bundan tashqari IES lar kul va zaharli gaz chiqindilari chiqaradi.
I ES chiqindilarida radioaktiv moddalar mavjud, masalan, radiy izotoplari. SHuning uchun IES atrofidagi radiatsion nurlanish AES atrofidagidan yuqori.
IES va AES atrof muhitga zararli ta’sirlardan yana biri, kondensatordan chiqayotgan sovutish suvni suv havzalariga tashlab yuborishda sodir bo’ladi. Bu esa suv havzasining haroratini oshirishga va o’z navbatida mikroklimatini o’zgartirishga olib keladi, suvdagi tirik mavjudodlar hayotiga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Elektr stansiyasidan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun oqava suvlarni suv havzalariga tashlashdan oldin maxsus tozalash qurilmalarda yaxshilab tozalash zarur.
Bu muammolarga ahamiyat bermaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, G’arbiy Evropa mamlakatlardan oqib o’tuvchi Dunay va Reyn daryolari suvlarining ifloslanganlik darajasi juda yuqori va bu erda yashaydigan aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda.