1. Tabiatni muhofaza qilish. Biosfera va taraqqiyot



Yüklə 456,5 Kb.
səhifə2/3
tarix11.05.2023
ölçüsü456,5 Kb.
#110998
1   2   3
ENERGETIKANI ATROF MUHITGA TASIRI

2. Biosfera va taraqqiyot
Biosfera va taraqqiyot. Biosfera deganda tirik mavjudodlar yashovchi muhit tushuniladi, ya’ni bunga litosferaning bir qismi, atmosfera va gidrosfera kiradi.
Quruq atmosfera qatlamiga quyidagi gazlar kiradi azot (79-80% hajmi bo’yicha), kislorod (19-20%), bundan tashqari argon, karbonat akgidrid gazi va boshqa elementlar (1%). Keltirilgan gazlardan tashqari atmosferada suv bug’lari va boshqa aralashmalar mavjud. Atmosfera qatlami erni haddan tashqari sovib yoki qizib ketishdan saqlovchi qatlam vazifasini o’taydi. Undagi suv bug’lari va karbonat angidrid gazlarining borligi erning issiqlik rejimiga qattiq ta’sir etadi. Atmosferadagi karbonatt angidrid gazining miqdori 0,03% qiymat bilan belgilanadi. Bu kattalik organizmlar yashovchanligi va yonish jarayonlari natijasida o’zgaradi.
Katta shaharlarda karbonat angirid gazining miqdori foiz ko’rinishda 0,07 va undan yuqori qiymatlarga etadi.
Taxmin qilinishicha, har yili 5-10 mlrd.t. kislorod yoqilmoqda. havo tarkibi yillar davomida asta-sekin o’zgaradi. Lekin bu o’zgarishlar orqaga qaytarilib bo’lmaydigan xarakterga ega. Ayniqsa karbonat angidrid gazining atmosferadagi miqdorining ortishi tashvishli holdir. Kuzatish va hisoblashlarga qaraganda so’ngi yuz yillik davomida karbonat angidrid gazining miqdori 15% ga ortgan, bu 360 mlrd. tonnani tashkil etadi.
BMT ning taxmnniga ko’ra, 2005 yilga kelib atmosferadagi karbonat angadrid gazining miqdori, elektr stansiya, sanoat va transportdagi organik yoqilg’i yoqilishning ortishi hisobiga, 50% ga ortishi kutilmoqda.
Bu gazlarning atmosferada to’planishi, o’simlik qatlami maydonlarining qisqarganligi va okeanni neft mahsulotlari bilan ifloslanganligi bilan izohlanadi.
Agar qo’llanilayotgan birlamchi energiya manbalarini 100% deb hisoblasak, undan faqat 30-40% energiya olinadi, qolgan katta qismi issiqlik ko’rinishida yo’qotiladi.
Energiya yo’qotishlar asosan hozirgi davrdagi energetik mashinalarning texnik tavsiflari bilan ifodalanadi.

Rasm YOnuvchi qazilmalarni yoqishdan hosil bo’layotgan tabiatdagi energiyaning aylanish sxemasi


Energiya zahiralarini iste’moli tez sur’atlarda va dunyo ishlab chiqarishiga bog’liq ravishda o’smoqda. Taxmin qilinishicha, 2005 yilga kelib energiya zahiralarining iste’moli 160-240 ming TVt/soatni (ya’ni 20-30 mlrd. tonna shartli yoqilg’iga teng) tashkil etishi mumkin. 2005 yildan so’ng qolgan dunyo energiya zahiralari, yadro va termoyadro energetikasini hisobga olmagan holda, yana 100-250 yilga etadi. Bu ma’lumotlar taxminan, lekin kelajakni ayrim ko’rinishlarini yoritib beradi. rasmda energiya tashuvchilarni dunyodagi iste’moli to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Dunyoda energiya zahiralarini 2000 yilga kelib umumiy ishlab chiqarish 20 mlrd. tonna shartli yoqilg’iga teng bo’ladi deb kutishmoqda. Bu tizimda neft va gaz yuqori o’rin egallaydi va ishlab chiqarish energiya zahiralarini 3/5 qismini tashkil etadi; 1/5 qismini yadro yoqilg’isiga to’g’ri keladi, qolgan qismini boshqa qattiq yoqilg’ilarga to’g’ri keladi.
Tabiiy o’simliklar qoplamlarining erdagi maydonlarini qisqarishi haydalayotgan er, shahar, transport yo’llari qurilishi va sun’iy suv havzalari maydonlarining kengayganliga bilan izohlanadi. hozirgi vaqtda har yili dengiz va okeanlarga 6 mln. dan 12 mln. tonna gacha neft, dengizdagi neft quduqlarida va tankerlarda sodir bo’layotgan avariyalar hisobiga to’kiladi.
Bir tonna neft 12 km2 suvli hududni plyonka qatlami bilan qoplaydi. Neft plyonkasi hozirda dunyo okeanining 1/5 qismini qoplagan, bu esa atmosfera bilan okeanni bog’lanishini chegaralaydi.Mutaxassislar fikriga ko’ra, biosfera muammosini echish va uni zahiralarini muhofaza qilish uchun, atrof muhitga inson tomonidan etkazilayotgan o’zgarishlar to’g’risidagi bilimlarni oshirish zarur va bu zararli ta’sirlarni kamaytirish yo’llarini izlash kerak.

Yüklə 456,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin