9-mavzu. Estetika (2-soat) Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan



Yüklə 36,68 Kb.
səhifə1/8
tarix16.10.2023
ölçüsü36,68 Kb.
#156289
  1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu


9-mavzu. Estetika (2-soat)
Reja:


  1. .“Estetika” - nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan.

  2. .Tabiat estetikasi. Insoniyat tafakkuri tarixida tabiatga estetik munosabatning zaruriyati haqidagi qarashlar.

  3. .Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllarining uzviyligi: 4.Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari; sport estetikasining zamonaviy ahamiyati.

Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Laybnits inson ma'naviy olamini uch sohaga: aql - idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql - idrokni o‘rganadigan fan - mantiq, iroda - ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa - axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his- tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos - «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» - «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o‘z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyasiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo‘llashga urinishlar bo‘ldi...
So‘zning o‘z-o‘zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. SHunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu - «san’at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda - «badiiy ijod falsafasi»9.
Hegelning «estetika» atamasidan ko‘ngli to‘lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri - yuqorida uning o‘zi aytib o'tgan fikrlari bo'lsa, ikkinchisi - mazkur so'zning barcha his-tuyg‘ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his tuyg‘ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko‘ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. SHu bois «nafosatshunoslik» atamasi ham ilmiy muomalaga kiritildi. Zero mazkur atamaga asos bo‘lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so‘zlari o‘z qamrovi bilan fan talablariga javob bera oladi. «Nafis» so‘zi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da - go‘zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak degan ma’nolarda izohlanadi10. SHu sababli Hegelning izidan borib, «Estetika» atamasini saqlab qolgan holda, «nafosatshunoslik» iborasidan ham foydalanish mumkin, deb o‘ylaymiz.
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» iboralariga to‘xtalamiz. Nafosatshunoslik tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar - hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fanning mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. SHuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik, xayoliylik, uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok esa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz.
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. SHu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go‘zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo‘lolmaydi. Masalan, ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo‘risidan zavqlanolmaysiz. YOki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan axlat «tog‘i»ga qarab zavqlanmaysiz. CHunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog‘ esa tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mo‘risida ham, axlat «tog‘»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa -go‘zallik etishmaydi. Minora bilan tog‘dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu - go‘zallik. Fojeaviylik xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlitsda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz qo‘shinlari to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini ushlagancha, ko‘m-ko‘k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit - bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu - go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o'rinda asar qahramonining o'limi - fojeaviylik, o'limning qahramonlikka aylanishi - ulug'vorlik; fojeaviylik bilan ulug'vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik vujudga kelgan. SHuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go‘zallik yuqorida keltirilgan estetik xususiyatlar va tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl qilmaydi, faqat ularning hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti - go‘zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi ana shu go‘zallikni aks ettirish bo‘lgan san’at ham o‘z navbatida nafosatshunoslikning keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
San’at estetikaning tadqiqot ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. SHunga ko‘ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o‘zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
SHunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi - idrok etuvchiga etib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.
Estetika - falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o‘z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. SHu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga tadbiq etib bo‘lmaydi.

Yüklə 36,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin