9-mavzu. Estetika (2-soat) Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan



Yüklə 36,68 Kb.
səhifə7/8
tarix16.10.2023
ölçüsü36,68 Kb.
#156289
1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu

ESTETIK NAZARIYALAR TURLARI
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin “san’at estetikasi” yonida yana boshqa “estetikalar” paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyatlar, estetik sohalar kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham bir amallab tiqishtirishimiz. Lekin tabiat estetikasini yoki sport estetikasini estetik faoliyat deb aytolmaymiz, estetik nazariya sohasi ham deyish mushkul. CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan voqelik. Estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning “katta-kichik” bo‘limlarini nazarda tutamiz. Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi 1. Ulardan qutilish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi - san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik nazariyalar tashkil etadi. Ular - tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha nazardan o‘tkazamiz.

  1. Tabiat estetikasi

Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto “tabiatni qutqarish” degan so‘zlarni tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, “olamni o‘zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarining uyg‘unligidir. Biz esa tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.


  1. Yüklə 36,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin