9-mavzu. Estetika (2-soat) Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan


ESTETIKANING MEZONIY TUSHUNCHALARI



Yüklə 36,68 Kb.
səhifə2/8
tarix16.10.2023
ölçüsü36,68 Kb.
#156289
1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu

ESTETIKANING MEZONIY TUSHUNCHALARI
Avvalgi bobda estetik xususiyatlar ob’ektda mavjud ekanini, ularni ilg‘ash, anglash va bir-biridan farqlash hamda ular haqida xolisona ilmiy tasavvurga ega bo‘lish uchun maxsus tushunchalardan foydalanilishini aytib o‘tgan edik. Bunday tushunchalar aslini olganda yuzlab, lekin biz o‘quv adabiyoti imkoni doirasidan kelib chiqib, ularning asosiylarini, umumiylik, mushtaraklik tabiatiga ega bo‘lganlarinigina tahlildan o‘tkazishga harakat qilamiz; Undan oldin esa qisqacha estetik tushunchalarini tasniflashtirish muammosiga to‘xtalib o‘tamiz.

  1. Estetik tushunchalarini tasniflashtirish muammosi

Odatda go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik; kulgililik singari istilohlar haqida gap ketganida, biz ularni estetikaning mezoniy tushunchalari yoki asosiy kategoriyalari deymiz. CHunki ular estetika fanining mezonlarini belgilab beradigan istilohlar, fan salmog‘ini o‘lchaydigan o‘lchov tushunchalaridir. Ular, yuqorida aytilganidek, o‘zlari voqelik bo‘lmagani holda, estetik voqelikning mohiyati, shakli, tuzilmasi v.h. to‘g‘risida fikrlash uchun maxsus ilmiy kalit bo‘lib xizmat qiladilar. Deylik, go‘zallik tushunchasi tabiatda, jamiyatda, san’atda mavjud bo‘lgan estetik ob’ektning go‘zalligini tadqiq va talqin etish, sharxlash uchun zarur, lekin u narsa-hodisaning ob’ektiv reallikdagi estetik xususiyatini sharxlar ekan, ayni paytda shu xususiyat to‘g‘risidagi ilmiy talqin mezonlarini belgilab berish vazifasini ham o‘taydi.
Biroq masalaning bitta «lekini» bor . U ham bo‘lsa estetika nazariyasidagi eng katta «bosh og‘riqlardan» biri-estetik tushunchalarini tasniflashtirish, turkumlashtirishi masalasi. Bu borada deyarli umr bo‘yi estetik kategoriyalarining kelib chiqishi va tasnifi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan rus olimi V.P. SHestakovning quyidagi fikri diqqatga sazovor.
«Afsuski, estetikaga doir bizning adabiyotlarimizda ko‘pgina metodologik muammolar hanuzgacha hal etilgan emas, - deb yozadi olam, - xususan, nimalar o‘zi estetik kategoriyalar ekani qat’iy aniqlamagan, biz ularda qaysi tushunchalarini kategorial bilimlar doirasiga kiritish mumkinligi to‘g‘risida aniq mezonlari uchratmaymiz»11.


  1. Yüklə 36,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin