9-mavzu. Estetika (2-soat) Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan



Yüklə 36,68 Kb.
səhifə8/8
tarix16.10.2023
ölçüsü36,68 Kb.
#156289
1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu

Texnika estetikasi

Ko'rib o'tganimiz - tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda olisdan o'rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq esa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani - texnikaviy muhitni muntazam “insoniylashtirib” borish muammolarini o‘rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa - go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. SHu o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “YAratilgan yaratganiga o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. CHunki tafakkur, vujud va axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. CHunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. “Tafakkur energiya shakli emas, - deydi akademik V.I.Vernadskiy. - Qanday qilib u moddiy jarayonlarni o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas”2. Nima bo‘lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli katta.
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida “xunuk buyum yaxshi sotilmaydi” degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik, mustahkamlik kabi texnologik mezonlar asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu na faqat insonparvarlik, balki texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. SHu bois texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi, ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi. Bu - mehnatning estetik tabiat kasb etishi va insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki ehtiyoj darajasida tushunishga olib keladi; texnik insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham o‘z ichiga oladi.
Dizaynning zaruriyatga aylanishi na faqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy madaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. YA’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni “boriga baraka ” tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul


1 SapaHr: ScTeTUKa. CAOBapb. C. 35, 276, 421 b.k.

2 BepHagckun B.H. Hanano u BeHHOCTb ®u3hu. M., CoBemckaa Poccua, 1989. C. 185.

Yüklə 36,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin