9-mavzu. Estetika (2-soat) Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan



Yüklə 36,68 Kb.
səhifə6/8
tarix16.10.2023
ölçüsü36,68 Kb.
#156289
1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu

Mo‘‘jizaviylik va xayoliylik.

Bu ikki tushuncha estetikaning odatdagi juftlik mezoniy tushunchalaridan alohida ajralib turadi. Ular orasidagi aloqadorlik, deylik, go‘zallik va xunuklik kabi, o‘zaro ziddiyatga asoslanmaydi, aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi, ba’zan estetik yaxlitlikni tashkil etadi. har ikkala xususiyatning kelib chiqishi mif-osotirlarga borib taqaladi.
Hozircha mavjud bo‘lgan asosiy estetik adabiyotlarda ularga jiddiy e’tibor berilmagan. Ayniqsa, mo‘‘jizaviylik tom ma’noda kamsitishga uchragan. Buning asosiy sababi shundaki, estetik xususiyat sifatida ular «sovet voqeligi» talabalariga,
kommunistik mafkuraga to‘g‘ri kelmasdi. CHunki har ikkisida ham siyosiy tuzum va sotsialistik jamiyat tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoidalar orqali izohlab bo‘lmaydigan, ularga bo‘ysunmaydigan sirli, sehrli hodisalar aks etardi. Tabiiyki, bu hodisalar ma’lum ma’noda sovet kishisi uchun yuqoridan o‘rnatilgan ijtimoiy-siyosiy erkinlik chegarasini, erkin fikrlash miqyosini kengaytirishga xizmat qilardi. SHu sababli mo‘‘jizaviylikka ko‘proq o‘tmishdagi xalq og‘zaki ijodi namunalariga, xususan, ertaklar va dostonlarga taaluqli estetik xususiyat sifatida qarash qonunlashtirilgan edi. Darhaqiqat, u xalq etaklari va dostonlarida o‘zining eng ko‘p va rang-barang ifodasini topgan. M., «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlaridagi baxt maskani - CHanbil shahri, Go‘ro‘g‘lining afsonaviy Ko‘hi qof va Bog‘i Iramdan olib kelgan, go‘zallik timsoli bo‘lmish Og‘o YUnus va Misqol parilarga uylanishi, G‘irotning qanotli tulpor ekani kabi hadislarni, qahramonlarning mo‘‘jizaviy kelbatga, qudratga ega odamlar tarzida tasvirlanishi kabi holatlar shular jumlasidan.
Mo‘‘jizaviylikda insonni noodatiyligi bilan hayratlantirish, mahliyo qilish va qoyil qoldirish xususiyatlari bor. Mo‘‘jizaviylik asosiga qurilgan asarlarda yorug‘ bir hayotbaxshilik mavjud, bu esa atrofdagi real hayot naqadar og‘ir bo‘lmasin, temir qonunlar va beshafqat mantiq - qanchalik odamni o‘z iskanjasida tutmasin, unda baxtli bo‘lishga ishonch paydo qiladi, mavjud reallikni ichdan inkor etish hissini uyg‘otadi.

  1. Qiziqarlilik

Bu tushuncha biror bir ilmiy-uslubiy estetik adabiyotdan shu paytgacha o‘rin olgan emas. Vaholanki, usiz hech qanaqa san’at turi faol mavjud bo‘lolmaydi, ya’ni idrok etuvchining diqqatini tortolmaydi va oxir-oqibat tug‘ilar-tug‘ilmas o‘lik tarixiga aylanadi. Darhaqiqat, zerikarli spektakl yoki film tomosha qilinmaydi, zerikarli musiqa tinglanmaydi, zerikarli bir xillikdan iborat to‘qqiz qavatli beton uylar me’morlik san’ati namunalari sifatida idrok etilmaydi v.h. SHundan kelib chiqqan holda, qiziqarlilikni badiiy asarning idrok etuvchida estetik zavq, kuchli hayajon uyg‘otadigan o‘ziga xos xususiyati, desak adashmaymiz. Bundan tashqari, san’at asari qiziqarlilik xususiyatidan mahrum bo‘lsa, qadriyatga aylanolmaydi, zero nimaiki qadriyatga aylangan ekan, u bizni qiziqtirgan va hozir ham qiziqtiradi, ya’ni o‘ziga tortib turadi.

Yüklə 36,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin