2.2. Pandemiya sharoitida O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosati.
Koronavirus pandemiyasi natijasida bugun jahon iqtisodiyotining barcha real tarmoqlarida sanoat, qishloq ho‘jaligi, savdo, qurilish, transport, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida sezilarli darajada pasayish va ishsizlik kuzatilmoqda.
Insoniyat o‘z tarixida juda ko‘p falokatlarni boshidan kechirgan, bir necha bor turli ko‘rinishdagi inqirozlar ro‘y bergan bo‘lsada bunaqa holat kuzatilmagan, deb ta’kidlanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) dunyoni qamrab olgan pandemiyaning chuqur ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari kundan-kunga og‘irlashib borayotganligini qayd etmoqda.
Oldinlari inqirozlar asosan iqtisodiy bo‘lib, ma’lum darajada ijtimoiy hayotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bugungi inqiroz esa ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bab-baravar baholanmoqda.
JSST rahbari Tedros Adan Gebreisus Jenevadagi tashkilotning bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan kundalik brifingda karantin choralari shoshilinch ravishda olib tashlalanmasa, bu global iqtisodiy sekinlashuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Xalqaro ekspertlarning fikricha jahon savdo aylanmasi 30 foizga kamayadi, 40 milliondan ortiq kishi ishsiz qolishi ehtimoli mavjud. Evropa ittifoqi davlatlarida 2020 yilning boshida ishsizlik darajasi o‘rtacha 6,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Ispaniya, Italiya, Fransiya, Gretsiya kabi davlatlarda o‘rtacha 12 foizdan oshishi kutilmoqda. Joriy yilning may oyida ishsizlik darajasi AQSHda ham misli ko‘rilmagan darajada oshgani aytilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining joriy yil birinchi yarmida bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda. Iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSHda 5,9 foiz, Evrohudud mamlakatlarida 7,5 foiz), rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizni, shuningdek, Rossiyada 5,5 foizni va Qozog‘istonda 2,5 foizni tashkil etishi mumkin.
Jahonda sodir bo‘layotgan bunday vaziyat O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turibdi. Joriy yil birinchi choragida mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 1,6 foizga pasayishi kuzatilgan. Bundan tashqari, investitsiyalar o‘zlashtirish hajmi ham sezilarli qisqargan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha ma’lumotida qayd etildi. 2020 yilning ikkinchi choragida esa iqtisodiy o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga (5,7 foiz) nisbatan 1,6 foiz kamayishi kuzatilgan.
Ushbu holatlar mamlakatimizda ham bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda va mavjud ayrim muammolarni yanada kuchaytirmoqda. SHu sababli davlatimiz tomonidan karantin sharoitida ishlash, ayniqsa, ishsizlik va oziq- ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qartilmoqda.
O‘zbekistonda pandemiya sharoitida vujudga kelgan umumiy muammolarni hal qilishning o‘ziga xos yo‘llari ishlab chiqildi. Davlat rahbari va hukumat tomonidan bir qator muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. SHu asosida moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lash muddati kechiktirildi, ayrim subektlar esa joriy yil oxirigacha soliq to‘lovidan ozod etildi. Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalarga qator imtiyozlar taqdim etildi, ayrim qarzdorliklar kechiktirildi, debitorlik qarzdorlik uchun jarima qo‘llash to‘xtatildi, auditorlik tekshirishlar yil oxirigacha bekor qilindi, koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘rilgan talofatlarni kamaytirish bo‘yicha yana boshqa bir qator engilliklar berildi.
Mamlakatimiz YAIMni yaratishda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘rni va roli sezilarli darajada bo‘lib, qariyb uning yarmini tashkil qilardi. Hozirgi kunda xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘rtacha 35 foizdan yuqori bo‘lsa-da faoliyati cheklangan xizmat turlarining ushbu ko‘rsatkichdagi ulushi 10 foizni ham tashkil etmaydi. Xizmat ko‘rsatishning pasayishi talabning taklifga nisbatan yuqoriligini ta’minlaydi, bu esa narxlar muvozanatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Iqtisodiy pasayish holatining davomiy bo‘lishi ishsizlik muammosining yanada kuchayishiga olib keladi, uning darajasini oshiradi va aholining to‘lov qobiliyati keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilning I choragida O‘zbekistonning to‘lov balansi ko‘rsatkichlari shakllanishiga, asosan, COVID-19 pandemiyasining boshlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ta’sirini o‘tkazdi. Tashqi savdo aylanmasining pasayishi, global biznes faoliyatining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning ortishiga olib keldi.
Biroq joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta’siri bo‘yicha xatarlar ro‘yobga chiqmadi va 2019 yilning mos davriga nisbatan o‘sish trendini saqlab qoldi. Bundan tashqari, oltin narxining jahon bozoridagi pozitiv dinamikasi eksport hajmi qisqarishini qisman qoplash imkoniyatini yaratdi.
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2020-yilning 1-aprel holatiga 25,1 mlrd dollarni tashkil etdi, bunda 16,2 mlrd dollar davlat sektoriga, 8,9 mlrd dollar xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.
Oʻzlashtirilgan investitsiyalar miqdori oʻtgan yilgan nisbatan 26%ga oshdi.
Pandemiya Oʻzbekiston iqtisodiga qanday taʼsir qilgani haqida batafsil infografikamizda tomsha qiling.
Dostları ilə paylaş: |