1.Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g’am va qayg’u ostida
bo’ladi. 2.Donolar oldida doim eshitguvchi bo’l. 3.Yomonlarning qoshida yalinish
yaxshilar ishi emas.4.Insonning fe’l-atvoriga qarab unga baho
berishadi.5.To’ydan keyin nog’ora chalmoq-nodonlar ishi.6.Bitmas-tuganmas
85
bilimning tagida mashaqatli mehnat yotadi. 6.Yigit qo’shni qizga qaraganda
hayojon bosib, so’zlariini chalkashtirib qo’yardi.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ko’makchilar kelishiklarni boshqaradi. Shunga ko’ra ular 3 xil:
1. Bosh kelishikdagi so’zlar (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan
qo’llanadigan ko’makchilar: bilan, kabi, singari, yanglig’, sayin, uchun, sababli,
orqali, tufayli, chog’li, osha, bo’ylab, bo’yi, bo’yicha, uzra, ichra, degan,
chamasi, haqada, holda, yo’sinda, to’g’risida, vajidan, tomon (tomon
ko’makchisi ba’zan jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanadi).
2. Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar: qadar, ko’ra,
qarshi, qarab, qaraganda, qaramasdan, yarasha, doir, asosan, binoan, muvofiq,
qarata, qaramay.
3. Chiqish kelishigidagi so’zlar bilan keladigan ko’makchilar: buyon, so’ng,
keyin, boshqa, tashqari, bo’lak, o’zga, beri, narigi, burun, ilgari, boshlab, tortib,
avval, oldin, nari.
Eslatma: Old, ust, ost kabi vazifadosh ko’makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi
ismlarga qo’shiladi. M: Masala ustida uzoq bosh qotirdi. Bunday hollarda kelishik
qo’shimchasi belgisiz ishlatilishi mumkin. Ayrim hollarda bilan, uchun
ko’makchilari qaratqich kelishigidagi olmosh bilan ham qo’llaniladi. M: shuning
bilan, shuning uchun.
Ko’makchlarning ma’no turlari:
- uchun: o’qish uchun (maqsad), chaqirgani uchun (sabab), ukam uchun
(atalganlik); - bilan:
qalam bilan (vosita), ukasi bilan (birgalik, holat), eshik ochilishi bilan (payt);
- sari, tomon: maktab sari- maktab tomon (yo’nalish);
- sayin: kun sayin (davomiylik);
- haqida, to’g’risida: hayot haqida – uy to’g’risida (fikr mavzusi);
- qadar: Toshkentga qadar (chegara);
- kabi, singari, yanglig’: oy kabi, quyosh yanglig’ (o’xshatish, qiyoslash).
Ko’makchilar va kelishiklar ma’nodoshligi:
a) radiodan eshitmoq – radio orqali eshitmoq;
b) yozishga tayyorlandi – yozish uchun tayyorlandi;
d) mashinada terildi- mashina bilan terildi;
e) borganini gapirdi – borgani haqida gapirdi;
f) uyga ketdi – uy tomon ketdi.
Eslatma:1. Ko’makchi orqali ifodalangan ma’no umumiy, noaniq, kelishik bilan
ifodalangan ma’no aniq bo’ladi. M: U Samarqandga ketdi. U Samarqand tomonga
ketdi. 2.Jo’nalish elishigi qo’shimchasi yo’nalish ma’nosida tomon, bo’ylab
ko’makchilari bilan ma’nodoshdir.
86
Ko’makchilar va qo’shimchalar ma’nodoshligi:
a) guldek – gul kabi (yanglig’, singari);
b) maktabgacha – maktabga qadar.
BOG’LOVCHI
Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi soda gaplarni o’zaro
bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar bog’lovchilar deyiladi. Ular
qo’llanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1) yakka holda qo’llaniluvchi bog’lovchilar: chunki, basharti, agar, mabodo, balki,
holbuki, va;
2) takror holda qo’llaniluvchi bog’lovchilar: goh…, goh… ; ham… , ham…; bir…,
bir… ;
Eslatma: 1.Ayrim bog’lovchilar yakka holda ham, takror holda ham qo’llanila
oladi. M: Yo men boray, yo soz keling. Men baraymi yo siz kelasizmi? 2. Takror
holda ishlatiladigan bog’lovchilarning ayrimlari esa faqat takror holda
qo’llangandagina bog’lovchi hisoblanadi. Yakka holda qo’llanganda esa o’zi
mansub bo’lgan so’z turkumiga taalluqli bo’ladi.M: Bir yomg’ir yog’adi, bir
Dostları ilə paylaş: |