8
z- jarangli, sirg’aluvchi, til oldi undoshi. s- jarangsiz, sirg’aluvchi, til oldi
undoshi. Demak, z va s tovushlarining farqlovchi tomoni jarangli – jarangsizligi,
birlashtiruvchi tomoni sirg’aluvchi va til oldi undoshi ekanligidir.
1-topshiriq: shart va
mart so’zlaridagi fonemalarning farqlovchi
va birlashtiruvchi
belgilarini aniqlang.
__________________________________________________________________
2-topshiriq: Akustik tomoniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega fonemalar ishtirok
etgan misol toping.
__________________________________________________________________
3-topshiriq: Hosil bo’lish usuliga ko’ra birlashtiruvchi, hosil bo’lish o’rniga ko’ra
farqlovchi belgiga ega bo’lgan fonema ishtirok etgan misol tuzing.
_________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Fonemalar
tasnifi
Fonemalar ikki katta guruhga bo’linadi:
1. UNLILAR 2. UNDOSHLAR
Unli fonemalar talaffuz qilinayotganda ,o’pkadan chiqayotgan havo
oqimi hech
qanday to’siqqa uchramaydi, faqat un (ovoz)dan iborat bo’ladi, bo’g’in hosil
qiladi. Tilimizda 6 ta unli fonema mavjud:i,u,e,o,o’ ,a.
Unlilar tasnifi.Unlilar lablarning ishtirokiga va og’izning ochilish darajasiga ko’ra
farqlanadi. i u
I. Lablarning ishtirokiga ko’ra :
1.Lablangan :u,o’ e o’
2.Lablanmagan:i,e,a. o unlisi oraliqdagi holatda qoladi.
a o
II.Og’izning ochilish darajasiga(tilning gorizantal holatiga) ko’ra:
1.Tor unlilar: i,u 2. O’rta tor yoki o’rta keng : e,o’ 3. Keng unlilar: a ,o.
III.Tilning vertikal holatiga ko’ra:
1)old qator: i,e,a; 2)orqa qator: u,o’,o
Eslatma:O’ unlisi ko’l, o’s, cho’l, jo’ra mo’tabar so’zlarida torroq, bo’ri , qo’ri,
xo’roz , ro’mol so’zlarida kengroq aytiladi.
Dostları ilə paylaş: