Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Mohira2702..

1-topshiriq: Og’izning ochilish darajasiga ko’ra bir guruhga kiruvchi unlilar 
ishtirokida so’zlar tuzing. 
________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________ 
2-topshiriq: Lablarning ishtirokiga ko’ra bir guruhga kiruvchi unlilar ishtirokida 
so’zlar tuzing.
_________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
Undoshlar tasnifi. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. 
Eslatma: Undosh tovushlar hosil bo’lishida bo’g’iz bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i va 
til muhim ahamiyatga ega.



Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari 
deyiladi.Nutq a’zolari: 1.O’pka. 2.Tog’aylar. 3.Un paychalari. 4. Bo’g’iz 
bo’shlig’i. 5.Og’iz bo’shlig’i. 6.Burun bo’shlig’i. 7.Til. 8.Lablar. 9.Tish. 
Undosh tovush uch tomondan tasnif qilinadi: 
I Hosil bo’lish o’rniga ko’ra. Qaysi nutq a’zosi ishtirok etishiga ko’ra nutq 
tovushlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Lab undoshlari: a)lab-lab: b,p,m b)lab- tish :v,f.
2.Til undoshlari:
a)til oldi: d,t,s,z,ch,sh,j,n,l,r.
b)til o’rta: y.
d)til orqa: g,k,ng.
e)chuqur til orqa: q,g’,x.
3. Bo’g’iz undoshi: h
II Hosil bo’lish usuliga ko’ra:
1. Portlovchi: b,p,d,t,g,k,j,q,m,n,ng. 
2. Sirg’aluvchi: z,s,v,f,y,r,l, sh,g’,x,h. 
3. Qorishiq: ch.(5-sinf darsligida ch harfi portlovchi deb berilgan) 
III Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra: 
1. Jarangli: b, d ,v, g, z, g’, j, (j ), y, l,m,n,ng,r 
2. Jarangsiz: p, t ,f, k, s, x, ch,sh, q, h. 
Burun tovushlari:m,n,ng. Yon tovush: l. Titroq tovush: r 
Eslatma: Yuqoridagilardan tashqari undosh tovushlar yana quyidagicha tasnif 
qilinadi:
1.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra. 2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra. 3.Un paychalarining 
ishtirokiga ko’ra(jarangli va jarangsiz). 4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra 
(ovozdorlar(sonorlar:m,n,l,r,ng) va shovqinlilar).5. Tarkibiga ko’ra(sof va 
qorishiq).
Eslatma: B va m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o’qiladi, lekin n 
yoziladi. Masalan: shanba, manman. 
1-topshiriq: Hosil bo’lish o’rniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega undoshlardan 
tashkil topgan so’zlar tuzing. 
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________ 
2-topshiriq: Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra farqlovchi belgiga ega 
undoshlardan tuzilgan so’zlarga misol keltiring. 
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
Qo’sh va qator tovushlar imlosi. O’zbek tilida unli tovushlar ham undosh 
tovushlar ham qo’sh yoki qator kelishi mumkin. Unli tovushlardan i, u, o,a 
tovushlari qo’sh holda uchraydi: tabiiy, shuur, inshoot, mudofaa. Quyidagi 
so’zlarni qator unlilarga misol qilishimiz mumkin: muallim, saodat, maorif…
Eslatma: Ba’zan qator kelgan unlilar o’rtasiga ayrim undosh tovushlarni qo’shib 
talaffuz qilish hollari ham kuzatiladi. Masalan: soat so’zi Farg’nada sohat, 
Toshkentda sog’at tarzida talaffuz qilinadi. 


10 
1-topshiriq: Qo’sh va qator unli qatnashgan so’zlarga misol keltiring. 
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________ 
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir. 
Masalan: ikki, chaqqon, million, metall. 
Eslatma: Qo’sh undosh bilan tugagan so’zlarga shunday tovush bilan 
boshlanadigan qo’shimcha qo’shilsa,oxirgi undoshlardan biri tushiriladi. M-n: 
metall+lar=metallar, gramm+mi=grammi.
Ikkita har xil undoshning bir bo’g’inda yonma-yon kelishi qator undosh deyiladi. 
Masalan: taxt, daraxt. Ikki har xil undosh juda ko’p so’zlarda yonma-yon kelishi 
mumkin: paxta, nimcha. Lekin ular qator undosh hisoblanmaydi. Chunki ular bir 
bo’g’inda emas.
Eslatma: da-raxt qator undosh, da-rax-ti qator undosh emas.
So’z oxirida va boshida qator kelgan undoshli so’zlar chetdan kirib kelgan 
so’zlardir. M-n: traktor, stol, go’sht, barg, musht. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin