32
a)o’z (bosh asl ma’no);
b) ko’chma ma’no .
So’zlarning nutq jarayonida bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi o’z ma’no
(denotativ) bo’ladi: ko’z, bosh, quloq (odamniki).
Ko’chma (konnotativ) ma’no bosh ma’no asosida yuzaga keladi, ya’ni so’zning
o’z ma’nosidan o’sib chiqqan ma’nodir. So’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar
yordamida anglashiladigan ma’nosi ham ko’chma ma’nodir: temir intizom, toza
qalb, qozonning qulog’i, qattiq uyqu, majburiyatni olmoq.
Ko’chma ma’no va ularning turlari. Ma’no ko’chishining nima asosda
ro’yobga chiqishiga ko’ra quyidagi turlari bor:
1. Metafora 2.Metonimiya
3.Sinekdoxa 4.Vazifadoshlik
5.Kinoya 6.Tag ma’no.
Metafora (yunoncha-,,ko’chirma’’) biror narsa, belgi yoki harakatning nomini
o’zaro tashqi o’xshashligi bo’lgan boshqa biror narsa, belgi yo harakatga
ko’chirish usulidir: achchiq gap, sovuq xabar.
Metafora quyidagi asosda bo’lishi mumkin:
a)ko’rinishdagi o’xshashlik:qozonning qulog’i, oltin kuz.
b) joylashish o’rnidagi o’xshashlik: daryoning boshi, tog’ning etagi, samolyotning
dumi.
d) ma’nodagi o’xshashlik. Bu narsa asosan belgi va harakat bildiruvchi so’zlarda
uchraydi: jonli suhbat, chuqur o’ylanmoq, qora niyat, soatning yurishi.
Eslatma. Ba’zi turdosh otlar atoqli otga ko’chadi: Yo’lbars, Lochinboy, Asalxon,
Ozoda, Boltaboy va h.k. Turdosh otlarning atoqli otga ko’chishi ham metafora
yo’li bilan hosil bo’ladi. Metaforalarga juda yaqin bir vosita – o’xshatishlar bo’lib,
ular yordamida shaxs-predmetlar bir-biriga o’xshatiladi, qiyos qilinadi. Unda –dek,
-day, go’yo, yanglig’ singari, xuddi kabi qo’shimcha va so’zlardan foydalaniladi:
Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
Misollar:Ipni uzmoq(bosh ma’no)-qarzni uzmoq(ko’chma ma’no), odamning
qulog’i-qozonning qulog’i, odamning og’zi-g’orning og’zi, to’g’ri tayoq-to’g’ri
gap, yengil eshik-yengil kuy, sovuq suv-sovuq xabar,tomdan tushmoq-mansabdan
tushmoq, ari chaqib oldi-gap bilan chaqib oldi.
Metofaraga misollar:
Dostları ilə paylaş: