mehmonlarga termilib qoldi. Odinaxon arslarini tayyorlab bo’lgach uyquga yotdi.
2-topshiriq: Berilgan shakldosh so’zlarning ma’nolarini toping.
Karam, adash, bo’y, yeng, yot, och, mushak, soz, son, taxt, ter, un, chakka, qil,
qovoq, tuz, shim,tabiat, kuy, maqom, qora qilmoq,kamar, dovul,may, balo, qiyiq,
taloq, dunyo, ortiq, savdo.
3-topshiriq:Berilgan gaplar tarkibidagi omonimlarning turkumlarini aniqlang.
1.Dutorning nozik torlaridan chiqqan “Navo” kuyi o’z nolasiga tuchunguchi
Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. Ipak mato rang-barang noziklar, yarqiroq
pistonlar bilan bezatilgan edi. 2.Qarg’a “qag’” etadi, o’z vaqtini chog’ etadi.
Kechdi qancha intizor chog’lar, asling menga bo’lmadi nasib.
Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar). Shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar
yoki bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq ma’noli so’zlarga
sinonimlar deyiladi: bahs-munozara-tortishuv-mubohasa. Sinonimlar bir ma’noni
36
xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so’z sehrini
namoyon etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga
ega.Bir umumiy ma’nosi bilan o’zaro bog’lanuvchi so’zlar guruhi sinonimik qator
deyiladi. Sinonimik qatordagi so’zlar har doim bir xil so’z turkumi doirasida
bo’ladi: yel-shamol-sabo-nasim.
Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda
qatnashishi mumkin:
Aytdi -gapirdi, so’zladi
Aytdi -taklif qildi, chorladi
Aytdi -kuyladi ,ijro etdi
Sinonimik qatorda so’zlar bir biridan quyidagicha farqlanadi:
1.Hissiy-ta’siriy bo’yoq nuqtai nazaridan farq qiladi.Sinonimik qatordagi so’zlar
hissiy-ta’siriy bo’yoq nuqtai nazaridan 2 xil bo’ladi a) bo’yoqsiz (betaraf, neytral)
b) bo’yoqdor
Bo’yoqsiz so’z muayyan tushunchani ifodalab, so’zlovchining turli munosabatini
bildiruvchi, qo’shimcha ma’no jilosi bo’lmagan so’zlardir.
Yuz , kulmoq, xunuk, yaxshi, qo’shiq, yashil, tuman, barcha, yil, kun, oy.
Bo’yoqdor so’zlar 2 xil bo’ladi: a)ijobiy bo’yoqdor: orombaxsh, jilmaymoq,
chehra, fusunkor, dilbar.
b)salbiy bo’yoqdoq: surbet, nonko’r,imonsiz
Sinonimik qatordagi hamma uslub uchun birday qo’llana oladigan so’z
dominanta (lot. hukmron, hokim) yoki sinonimik qatorning bosh so’zi deyiladi:
ulug’, buyuk, katta, ulkan.
Sinonimlar quyidagicha paydo bo’ladi:
1. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi bilan;
a)bunda o’zbek tilidagi so’z bilan chetdan kirib kelgan so’z sinonim bo’ladi:
sevgi(o’zb )-muhabbat, ishq(arabcha), kuch(o’zb)- qudrat(arabcha), buyruq(o’zb
)-amr(arabcha), manglay(o’zb) -peshona(toj), yozuvchi( o’zb) -adib(arab),
ko’klam(o’zb) -bahor(toj), qo’shin(o’zb)- armiya(ruscha), ko’z(o’zb )-
diyda(tojikcha).
b)chetdan kirib kelgan 2 so’z o’zaro sinonim bo’ladi: harorat-(toj) temperatura
(ruscha), ma’no-(arab )-mazmun(arab), izm(arab)- ixtiyor(arab), izn(arab)-
ijozat,ruxsat(arab). 2.So’z yasalishi bilan
ham sinonimlar hosil bo’ladi: savol-so’roq, his-tuyg’u-sezgi, chopqir-chopag’on.
Sinonimlar 3 xil bo’ladi:
1.Leksik sinonimlar: bemor-xasta-betob-kasal.
2.Grammatik sinonimlar: a)morfologik: obro’li-boo’bro’; b)sintaktik: ko’ylakning
guli-ko’ylakdagi gul .
3.Frazeologik sinonimlar: og’zi qulog’iga yetdi-boshi osmonga yetdi,-terisiga
sig’maydi-og’zining tanobi qochdi. Agar bir so’z ibora bilan sinonim bo’lsa,
leksik-frazeologik sinonim deyiladi:oriq-qulog’idan kun ko’rinadi.
Leksik sinonimlar 2 xil bo’ladi:
1. To’liq sinonimlar (leksik dubletlar) ma’nosida va ishlatilishida bir-biridan farq
qilmaydi: kosmos-fazo, doston-poema, tilshunoslik-lingvistika.
37
2.Ma’noviy sinonimlarda sinonimlar bir-biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi:
Dostları ilə paylaş: |