48
-sanalmaydigan otlarga qo’shilsa, ularning xilini, turini, navini bildiradi:
yog’lar
(qo’y, mol)
-mavhum otlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi:
tuyg’ular, nafslar;
-doim yakka holda bo’ladigan predmetlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi:
boshlar,
qorinlar. Boshlarim og’ridi.
- juft predmetni bildiradigan otlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi:
qo’llar, ko’zlar.
Ko’zlarimga ishonmayman.
–atoqli otlarga qo’shilib, jamlikni bildiradi:
Behruzlar keldi.
–atoqli joy nomlariga qo’shilib kelsa,
shu joy va uning atroflari, turli
nuqtalariga
ishora ma’nosini bildiradi:
Toshkentlarda o’qigim keladi. Mirzacho’llar obod
bo’ladi.
–qarindoshlikni bildiruvchi otlarga egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilsa,
hurmat
ma’nosini bildiradi: Dadamlar, ayamlar.(Agar ko’plik qo’shimchasi egalik
qo’shimchasidan oldin qo’shilsa ko’plikni bildiradi: xolalarim, opalarim)
–kinoya ma’nosini bildiradi: O’zlariyam kelibdilarda.
–planeta, yulduz nomlariga ko’plik qo’shimchasi, odatda qo’shilmaydi.
Agar ular
ko’chma ma’noda qo’llansa, ko’plikni olishi mumkin: Zuhrolarga o’xshataman
yuzingni. Husning oldida oylar xijolat.
–noaniqlikni bildiradi: avvallari bu kitobni o’qiganman.
Yuqoridagi misollardagi –lar qo’shimchasi uslubiy ma’no (ko’plik)deyiladi.
Otlardagi ko’plik qo’shimchsi lug’aviy shakl yasovchilarga kiradi.
4-topshiriq: -lar qo’shimchasi bilan kelgan otlarning qanday ma’no
anglatayotganini aniqlang.
1.
Ko’zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo’llarim. Kapalak
izidan quvib tinmasdan, Yulduzlarni sanar edim tunlari.2.Shavkatlarning kattagina
uzumzor bog’I bor. 3.dadamlar: - Xo’sh, qalay, bu yerlar oqdimi? Hamma yoq
Dostları ilə paylaş: