58
I.
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra
sanoq, dono, jamlovchi,
taqsim, chama,kasr sonlarga bo’linadi.
1. Sanoq sonlar narsa buyumning son-sanog’ini bildiradi.M-n:
bir, yetti, to’qqiz.
Sanoq sonlar hisob so’zlar bilan birgalikda qo’llanadi:
bir ho’plam, ikki
shingil.Sanoq sonlar otlashish xususiyatiga ega. M-n: O’n to’qqizdan oshmay tur,
go’zal.
Eslatma: O’zbek tilida faol qo’llaniluvchi 23ta tub son bor: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9,
10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100, ming, million, milliard.
2. Dona sonlar predmetning miqdorini donalab sanaydigan sonlardir. Dona sonlar
sanoq sonlarga –ta qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi. M-n:
besh – beshta
Eslatma: Bir so’ziga –ta qo’shimchasi qo’shilsa, tovush almashinish hodisasi ro’y
beradi va fonetik yozuv qoidasi bo’yicha yoziladi, ya’ni bir+ta=bitta
-ta qo’shimchasi hisob so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin:
uchta atirgul – uch
dona atirgul, ikkita talaba – ikki nafar talaba, bitta olma – bir tup olma.
3.Jamlovchi sonlar predmetning miqdorini jamlab ko’rsatadi. Jamlovchi sonlar
sanoq sonlarga –ov, -ala, -ovlon(eski shakli) qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil
qilinadi:
beshala, yettovlon. Jamlovchi sonlarning xususiyatlari:
1) –ov, -ala qo’shimchalari 2dan 10gacha bo’lgan sonlarga qo’shiladi;
2)-ov qo’shimchasi bir soniga qo’shilsa gumon olmoshi hosil bo’ladi:
birov;
3) –ala qo’shimchasi ko’proq 2dan 5gacha, kamroq 6,7 sonlariga qo’shiladi:
uchala,
ikkala;
4) ikki, olti, yeti sonlariga –ov, -ala, -ovlon qo’shimchalari qo’shilsa, tovush
tushadi:
ikkov, oltala,yettovlon
5) –ov qo’shimchasini olgan jamlovchi son asosan egalik qo’shimchasini qabul
qiladi va otlashadi:
Beshovimiz ham bordik. Ikkilasini ham uchratdik.
Eslatma: -ov qo’shimchasini olgan jamlovchi sonlar I shaxs birlik egalik
qo’shimchasini olmaydi.
6) –ovlon qo’shimchasi juda kam ishlatiladi:
to’rtovlon;
7) –ala qo’shimchasini olgan sonlar ham otlashadi:
Ikkalasi ham birga ishlaydi.
4. Taqsim sonlar predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydi. Tilimizdagi barcha
sonlarga –tadan qo’shimchasini qo’shib taqsim son hosil qilamiz:
Dugonalarim
bilan to’rttadan kitob oldik.
Eslatma: Taqsim sonlar hech qachon otlashmaydi va hisob so’zlar bilan birga
qo’llanmaydi.
Taqsim sonlar sonning ayrim turlarini takrorlashdan ham hosil bo’lishi mumkin:
Bolalarga ikkita-ikkita daftar berildi – Bolalarga ikkitadan daftar berildi.
5.Chama sonlar predmetning taxminiy miqdorini ifodalaydi.Chama sonlar son
asosiga –tacha, -larcha, -lab, -lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi:
Dostları ilə paylaş: