Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
Mohira2702..

mingni.  Otlashgan son ega, to’ldiruvchi, hol, kesim bo’lib keladi: Birni birov 
beradi, mingni mehnat beradi.
Taqsim sonlar otlashmaydi. Ko’plik qo’shimchasi dono, taqsim, chama, kasr 
sonlarga qo’shilmaydi. Egalik qo’shimchasining I shaxs birligi otlashgan sonlarga 
deyarli qo’shilmaydi: Bu ham mening birim.  Kelishik qo’shimchalari kasr, tartib, 
jamlovchi, chama sonlarga egalik qo’shimchasidan keyin qo’shiladi: ikkidan birini, 
to’rtinchisiga, beshovidan, o’ntachasini.
5-topshiriq: Gaplar tarkibidagi sonlarni otlashtiring
1.Bu gapni eshitib beshta o’quvchi tadbirga qo’shiladigan bo’ldi. 2.Bo’lgan 
voqeani uchala qo’shni qiz navbat bilan gapirib berdi. 3.Majlisda aytilgan 
fikrlarga oxirgi qatorda o’tirgan yettita odam ovoz beishni istamadi. 4.Ustozimiz 
aytgan birinchi she’rni yodladim, ikkinchi she’rning esa mazmuniga tushuna 
olmayapman. 5.Tanlovda ishtirok etayotgan to’rtta qatnashchiga mukofot berib 
bo’lindi.
Eslatma: O’zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun lak (yuz ming), tuman (o’n 
ming) sonlari ishlatilgan. 3,7,9,40 kabi sonlar sehrli sonlar sifatida talqin etiladi.
Sonlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari:
1)omonimlik: yigirma, uch, qirq, yuz;
2)sinonimlik: 10.000-tuman, 2-juft, 100.000-lak;
3)paronimlik: yetti-yetdi, to’qson-to’qsan, ellik-enlik.
Sonlarning uslubiy xususiyatlariSonlarni miqdor bildiruvchi so’zlar bilan 
farqlash kerak. M: Do’kondan o’nta kitob oldim. Do’kondan ko’p kitob oldim. Son 
bilan birga kelgan otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilmaydi.M: Olmalar g’arq 
pishibdi. Daraxtda sakkizta olma pishibdi. 
Sonlarning tuzilishiga ko’ra turlari.
1. Sodda sonlar: ikki, olti, yigirma, yetmish.
2. Qo’shma sonlar. O’n bir, yigirma yeti, o’n besh, sakson bir. Hozirgi o’zbek 
tilida qo’shma son tarkibiy qismining qat’iy joylashish o’rni bor:
1)yuzgacha bo’lgan sonlardan oldin katta son, undan so’ng kichik son keladi: o’n 
olti, o’ttiz besh;
2) yuzdan keyingi sonlarda birlik va o’nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham, 
keyin kelishi ham mumkin: 800, 412.


62 
Birlik va o’nlik sonlar yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelsa, yuzlik va 
undan ortiq sonlarning oldida kelgan son qancha katta bo’lsa, yuzlik va undan ortiq 
sonlar shuncha barobar ortiq ekanligi aniqlanadi. M: 200, 400, 900. Aksincha, 
o’nlik va birlik sonlar yuzlik sonlardan keyin kelsa, yuzlik sonlarning birlik va 
o’nlik sonlar bilan ortganligini bildiradi.M: 203, 405, 810.
3. Juft sonlar.M: bir-ikkita, o’n-o’n beshta.
4. Takroriy sonlar: M: beshta-beshta, to’rtta-to’rtta 
Olmosh
Barcha so’z turkumlari, so’z birikmasi va gap o’rnida almashinib kelgan 
so’zlarga olmosh deyiladi. M:1. Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat 
bag’ishlaydi.(ot o’rnida)2.Sariq ko’ylak oldim . Chunki shu rang menga 
yoqadi.(sifat o’rnida)3.Yigit bechoraning rangi quv uchdi. Bu holat onasiga 
yoqmadi.(gap o’rnida).4. Karim gullarni uza boshladi. Bu bog’bonning jahlini 
chiqardi.(fe’l o’rnida.)
Eslatma:1. Olmoshlarning atash ma’nosi bo’lmaydi. Shuning uchun olmoshlar 
“ichi bo’sh” so’zlar ham deyiladi. 2. Olmoshlarning o’ziga xos bo’lgan sintaktik 
vazifasi yo’q.
1-topshiriq: Berilgan gaplar tarkibidagi olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida 
qo’llangan? 
1.Qizchaga biror narsa bo’lganini sezgan Alisher bor kuchi bilan unga qarab 
yugurdi.2.Hamid Olimjon o’z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, 
u so’zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o’ynata, jaranglata 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin