Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
Mohira2702..

bilardi. 3.Olim musobaqada g’olib chiqdi. Bu hammamizni quvontiri. 
2-topshiriq: Olmoshlardan foydalanib gaplarni davom ettiring. 
1.Ko’chadan o’tayotgan sariq mashina hammaning e’tiborini tortdi. 
_____________________________________________________________
2.Ona o’g’lining kitob o’qishidan juda xursand bo’ldi.
______________________________________________________________ 
3.Qiz bo’layotgan voqealardan uyalib engashib oldi. 
______________________________________________________________
Olmoshlarning morfologik xususiyatlari:
1. Olmoshlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi:
- lik: manmanlik, butunlik, o’zlik(ot);
- sira: sensira, sizsira (fe’l);
- si: mensi (fe’l);
- bop: menbop, senbop, bizbop, sizbop (sifat);
- cha: o’zicha (ravish);
- la: sizla (fe’l);
- day, -dek: menday, sizdek (ravish).
2.Olmoshlar otlarga xos kelishik qo’shimchalarini oladi, lekin ularda belgili 
qo’llaniladi.
Eslatma: Ba’zan o’zlik va so’roq olmoshlarida belgisiz ishlatilishi mumkin. M: 
Hamma o’z(ning) tashvishi bilan band. Do’kondan nima(ni) olding. 
3.Olmoshlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilganda tovush tushishi va tovush 


63 
ortish hodisalari uchraydi. M: men+ni=meni, u+ga=unga
Olmoshlarning sintaktik xususiyatlari. Olmoshlar gapda barcha bo’lak 
vazifasida kela oladi. M: Shunisi qiziqki, mening hech narsadan xabarim yo’q. 
Bizning talabimiz – shu. 
3-topshiriq: Olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularning gapdagi vazifasini 
aniqlang. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Olmoshlarning ma’no turlari:
1. Kishilik. 2. Ko’rsatish. 3.So’roq. 4.O’zlik. 5. Belgilash(birgalik-ajratish). 6. 
Bo’lishsizlik 7.Gumon
I. Kishilik olmoshlari. Uch shaxsdan biriga tegishli olmoshlar kishilik 
olmoshlaridir: men, sen, u, biz, siz, ular. Nutq jarayonida ular quyidagicha 
guruhlanadi:
1) so’zlovchi I. men, biz
2) tinglovchi II. sen, siz
3) o’zga III. u, ular
Kishilik olmoshlari egalik qo’shimchalarini olmaydi. Ba’zan 3-shaxs olmoshi 
otlashib, egalikni olishi mumkin: unisi . Kelishik qo’shimchalarini oladi va 
tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari yuzaga keladi: se(n)ni, unda .
Men olmoshi ko’plikni olmaydi. Sen olmoshi ko’plikni olsa, hurmatsizlik, 
mensimay qarash ma’nolarini bildiradi: senlar
Kishilik olmoshining qo’llanilishi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham 
qo’llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo’llanganda kamtarlik, bajargan ishida o’zini 
ta’kidlamaslik yoki biroz maqtanish, o’zini ko’rsatish ma’nolarini anglatadi: 
Mening uyim – Bizning uyimiz (kamtarlik), Bu uy kimninki? Bizniki-da! 
(maqtanish).
Siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Sen kelding 
o’rniga Siz keldingiz . U gapirdi o’rniga Ular gapirdilar.
Siz olmoshi ko’plikni bildirishi uchun unga –lar qo’shimchasi qo’shiladi. Sizlarga 
baxt tilayman (ko’plik). Sizga baxt tilayman (birlik). Bunday asoslarda, 
monologlarda shaxs ko’chishi ham uchraydi: Hayajonlanma, …! (I shaxs o’rnida II 
shaxs ishlatiladi).
Eslatma. II shaxs kishilik olmoshlari badiiy asarlarda jonli va jonsiz narsalarga 
ham ishlatiladi: Vatan, sen bunchalar ko’rkamsan.
Eslatma. Nutqimizda men kishilik olmoshi o’rnida kamina, kaminayi kamtarin, 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin