Farg‘ona shahar 41-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat



Yüklə 25,5 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü25,5 Kb.
#104075
humoyin


Farg‘ona shahar 41-ayrim fanlar
chuqur o‘rganiladigan davlat
ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim
maktabida amaliyot o‘tayotgan
Farg‘ona Davlat Universiteti
matematika-informatika fakulteti 3-kurs
20.04 guruh talabasi G’aniboyev Humoyun
T A V S I F N O M A

G’aniboyev Humoyun Odiljon o’g’li 2000-yil 26-iyunda Farg‘ona viloyati Rishton tumani ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 2023-yil 6-martdan 2023-yil 1-aprelgacha Farg‘ona shahridagi 41-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktabida amaliyot o‘tadi. G’aniboyev Humoyun Odiljon o’g’li amaliyotining ilk kunlaridan o‘zining qobiliyatini a’lo darajada namoyon qildi. Shu vaqt davomida o‘zining odobli, intizomli va jamoat ishlarida faol ijodkor o‘qituvchi sifatida namoyon qildi. Barcha sinflarda o‘quvchilar bilan yaxshi yondashdi. Darslarni qiziqarli tashkillab, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajardi. G’aniboyev Humoyun jamoat ishlarida faol ishtirok etdi. U o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida kamtarin va to‘g‘ri so‘zligi bilan, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarishi, tashabbuskorligi va na’munali xulqi bilan hurmat qozondi.


Humoyun o‘zining kamtarligi, muomalasi, odobi, darslarga ijodkorlik va mas’uliyat bilan yondashib, yangi metodlar bilan ishtirok etib, jamoa o‘rtasida alohida hurmat qozondi. U ijodkor, oliyjanob va mehnatsevar.
Humoyun o‘ziga biriktirilgan 6-“B” hamda 6-"A" sinflardagi bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan, iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida ish olib bordi. Farg‘ona shahar 41-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati G’aniboyev Humoyun kelajakda yurtimiz ravnaqi va Vatanimiz taraqqiyoti uchun hissa qo‘shadigan, vatan va xalq xizmatiga yaraydigan, yurtimizga sodiq xizmat qiladigan barkamol inson-yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildiramiz.

Biriktirilgan matematika


fani o‘qituvchisi:
Direktor: M.N.Rahimova
Yüklə 25,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin