Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
Mohira2702..

testni bajaraman. O’zbekiston o’z hududiga ega.
O’zlik olmoshi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1. Uchala shaxs o’rnida qo’llanib, predmetning biror shaxsga tegishliligini 
bildiradi: o’zimning kitobim.
2. Egalik qo’shimchalarini olib, shaxsning tanhiligini bildiradi: Shuncha gulni 
o’zing ekdingmi?
3. O’zim, o’zing, o’zi olmoshlari qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshlari bilan 
qo’llanib, ta’kid, kuchaytirish ma’nolarini yuklaydi: Kecha uning o’zi bordi.
4. O’zlik olmoshiga kelishik qo’shimchalari egalik qo’shimchalaridan keyin 
qo’shiladi: o’zingdan, o’zimga.
Eslatma: O’zlik olmoshlari takrorlanib, ravishga o’tib ketishi mumkin.M: U o’z-
o’zidan baqira boshladi.
V.Belgilash (birgalik-ajratish) olmoshlari. To’pdan ajratilgan yoki jamlab 
ko’rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalagan olmoshlarga belgilash 
olmoshlari deyiladi. U 2 xil bo’ladi:
1. Jamlash olmoshlari: hamma, barcha, bari, butun, yalpi, jamiBari olmoshida 
ko’tarinkilik, tantanavorlik bo’yog’i bor: Omon bo’lsin do’stlarning bari.
2. Ajratish olmoshlari quyidagicha hosil bo’ladi:
1) har+ayrim so’roq olmoshlari: har kim, har nima, har qaysi;
2) har+bir so’zi: har bir;
3) har+narsa so’zi: har narsa.
Belgilash olmoshi otlashishi mumkin: Har qaysi (o’quvchi)si oliy o’quv yurtiga 
kirsin.
Eslatma: Shuncha, buncha, o’shancha belgilash olmoshi hisoblanadi.
VI.Bo’lishsizlik olmoshi. Mustaqil so’zlar o’rnida kelib, uning inkorini bildirgan 
olmoshlarga bo’lishsizlik olmoshi deyiladi. M: Ustun bo’lgan emas dunyoga hech 
kim. Ular quyidagicha hosil bo’ladi:
1) hech+ayrim so’roq olmoshlari: hech kim, hech nima, hech qaysi;
2) hech+bir so’zi: hech bir;
3) hech+narsa so’zi: hech narsa.
Bo’lishsizlik olmoshi otlashishi mumkin: Hech bir(talaba)i kelmadi.
Eslatma: 1.Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapning kesimi har doim inkor 
shaklda bo’ladi.M: Quruq gap hech qachon dalil bo’la olmaydi. 2. Hech kim va 
kimsa so’zlari sinonim bo’lishi mumkin: Uyda hech kim (kimsa) yo’q edi .3. Hech 
so’zi alohida kelganda yuklama hisoblanadi: Bu to’g’rida hech tashvishlanmang  
VII. Gumon olmoshlari noaniq tushuncha, narsa va shaxsga ishora qiladigan 
olmosh turidir. Ular asosan ot va sifat o’rnida qo’llaniladi va quyidagicha hosil 
qilinadi:
1) ba’zi so’roq olmoshlari+dir: kimdir, nimadir, qaysidir. –dir qo’shimchasi egalik,
kelishik, ko’plik qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi: kimnidir, nimangdir, 


66 
qayerlardir;
2) alla+ba’zi so’roq olmoshlari: allanima, allaqayer, allaqanday;
3) ba’zi so’roq olmoshlari +ham: kim ham, nima ham;
4) bir +nima,narsa, kishi: bir narsa, bir nima, bir kishi. Bir nima bir narsa ishtirok 
etgan gaplarning kesimi bo’lishsizlikni ifodalasa, ular bo’lishsizlik olmoshi 
vazifasini bajaradi. U bir nima (hech narsa) demadi
5) bir+ov: birov;
6)falon+chi: falonchi;
7) ba’zi+lar: ba’zilar. 
Eslatma: Allamahal gumon olmoshi emas. Vaqt allamahal bo’lib qoldi. 
4-topshiriq:Quyidagi matnda olmoshning qanday turlari mavjudligini 
aniqlang.Olmoshlarning sintaktik vazifasini toping. 
Baxtni har kim o’zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni, ust-boshi but. Shuni 
baxt sanaydi.Kimlardir yeng uchida yashaydi. Ko’ngli tinch. 
Siz o’z ota-onangizning jigargo’shalarisiz. Bu kam. Siz o’z xalqingiz, 
Vataningiz, millatingizning ko’z qarog’larisiz, ammo unutmang: tanbal, daqqi, 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin