76
4. O’tgan zamon shakllaridan –di qo’shimchasi hozirgi va kelasi zamon
ma’nolarida qo’llanadi:
Hozir qayerga bordik-u, nimayam qildik.
5. Hozirgi zamon fe’li kelasi zamon ma’nosida qo’llanadi:
Bir necha oydirki, u
tinmay o’qiyapti.
6. O’tgan zamon –gan qo’shimchasi hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi:
Biri
kitob o’qigan, biri shaxmat o’ynagan.
7. O’tgan zamon –di qo’shimchasi hozirgi zamonni bildiradi:
Qani, bolalar yozdik.
Shaxs – son shakllari. Fe’llarda ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini
bildirgan qo’shimchalarga shaxs-son qo’shimchalari deyiladi. Fe’lning shaxs-
sonda o’zgarishi tuslanish, shaxs-son qo’shimchalarining o’zi esa tuslovchi
qo’shimchalar deyiladi. O’zbek tilida tuslovchi qo’shimchalarning 2 xil turi bor:
1. Birlik Ko’plik
I -m : yozdim -k: yozdik
II -ng : yozding -ngiz:yozdingiz
III __ : yozdi ____ yoki –lar:
yozdilar
Eslatma: Bu tuslovchi qo’shimchalar-di, -sa qo’shimchalari va edi to’liqsiz
fe’lidan so’ng qo’shiladi:
yozdim, o’qisang, ko’rgan edim.
2. Birlik Ko’plik
I -man:yozibman -miz: yozibmiz
II -san: yozibsan -siz : yozibsiz
III ___ yoki dir: yozibdir ___ yoki dirlar: yozibdirlar
Shaxs – son qo’shimchalari sinonimligi.
1. I shaxs birlik o’rnida II shaxs ko’plik ishlatiladi:
Kitobingizni berib turing.
2. I shaxs birlik o’rnida II shaxs birlik qo’llaniladi:
O’zingni qo’lga ol, Asad.
3. II shaxs ko’plik o’rnida I shaxs ko’plik qo’llaniladi:
Qani, yozamiz bolalar.
4. II shaxs birlik o’rnida III shaxs birlik qo’llaniladi:
Shunaqayam hazil qiladimi?
5. II shaxs birlik yoki ko’plik o’rnida III shaxs qo’llaniladi:
Kelsinlar (keling).
6. I shaxs birlik o’rnida II, III shaxs birlik qo’llaniladi:
Bularni ko’rsang, ensang
qotadi.
9-topshiriq:Matndagi fe’llarning munosabat shakllarini aniqlang.
Mirsodiq ko’chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar nurida eron gilamidek
tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan
na’matakka ko’zi tushub qoli.Qaysi bag’ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib
qaradi, yo’q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyoshga tomon bo’y cho’zib qaddini rostlab
boryapti. Mirsodiq jilmayib qo’ydi.U, albatta, o’sadi, ulg’ayadi.U ochgan
gullarning muattar hidi kishilar chehrasiga tabassum baxsh etsin. Qalblarini
ravshan qilsin!
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
77
Fe’lning vazifa shakllari(fe’lning xoslangan shakllari). Turli gap bo’laklari
vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi.
Ular 4 xil:
1. Sof fe’l 2. Harakat nomi 3.Sifatdosh 4. Ravishdosh.
1. Sof fe’l shakli gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. Sof
fe’llarda hech qanday maxsus qo’shimcha bo’lmaydi. M: keldi, o’qidi, aytmadi,
boray.
2. Harakat nomi fe’lning otga xoslangan shaklidir. Qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, -
moq (-mak). M:
o’qish, yozish, o’quv, yozuv, o’qimoq, yozmoq.
Harakat
nomi otlar kabi egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda
ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. Masalan:
To’g’ri suzishni o’rgan.
Dostları ilə paylaş: