79
bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda –ulla aytiladi va yoziladi:
lovulla, shovulla,
gurulla ).
Eslatma: -la qo’shimchasida omonimlik ham, sinonimlik ham bor.Omonimlik:
ishla, savala, qo’l-la(qo’li bilan, bilanning qisqargan shakli). Sinonimlik
: izla –
ista(shevada),
hidla – iska.
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma fe’llar yasaladi.
Ularning tarkibi
quyidagicha bo’ladi:
- fe’l+fe’l
: tortib olmoq, ishlab chiqarmoq, sotib olmoq, bilib yozmoq;
- fe’l bo’lmagan so’z + fe’l(bunday fe’llarning ikkinchi qismini bo’l, ayla, qil, et
kabi yordamchi fe’llar tashkil qiladi):
sayr qilmoq, bunyod etmoq, shunday
bo’lmoq, yangi bo’lmoq;
- undov yoki taqlid so’z+ fe’l:
dod soldi, uh tortdi, yalt etdi, tiq etmadi.
Eslatma: Qo’shma fe’llar har doim ajratib yoziladi.
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi:
1. Sodda fe’llar: a)tub – ketmoq, yozmoq; b)yasama – tezla, gapir, guvulla.
2. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, taqlid va undov so’zlarga qil, et, bo’l,
ber, sol, ayla singari fe’llarni qo’shish bilan hosil bo’ladi. M:
tarbiya qilmoq, eski
bo’lmoq, bir bo’lmoq, chirs etmoq. Har ikkala qismi ham fe’llardan tashkil topgan
fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nolariga ega bo’ladi:
kirib chiqdi,
borib keldi.
3. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi. M:
Yangi mavzuni ko’chiraman-qo’yaman.
Eslatma: oldi-berdi, bordi-keldi,
keldi-ketdi, qo’ydi-chiqdi ot turkumiga; kuydi-
pishdi, oldi-qochda sifat turkumiga; ag’dar-to’ntar,
uzil-kesil ravish turkumiga
o’tgan so’zlardir.
4.Takroriy fe’lar: kuta-kuta, ishlay-ishlay.
11-topshiriq:Matn tarkibidagi fe’llarni aniqlab, ularni izohlang.
Dostları ilə paylaş: