67
Fe’l
Harakat va holat ma’nosini ifodalab, nima qildi?, nima qilmoqchi?, nima
qilyapti? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi so’z turkumiga fe’l deyiladi. M:
Talaba
o’qidi (nima qildi?).
I. Fe’lning morfologik xususiystlari:
1.Fe’llar yasaladi: ikki-lan=ikkilan, ko’k-ar=ko’kar.
2.Fe’l o’ziga xos munosabat shakllariga ega: ko’r
dim , bor
ay.
3.Fe’lning nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik,
sifatdosh, harakat nomi, ravishdosh
shakllari bor.
4.Fe’llarda o’timli-o’timsizlik bor.
5.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud.
II. Fe’llarning sintaktik xususiyati:
1.Kesim:
Shu kuni ohang tug’ildi.
2.Ega:
Bilgan topib gapirar.
3. Aniqlovchi: a)sifatlovchi aniqlovchi:
Boshqaar qalbiga yaxshilik urug’ini ekkan
odam chinakam insondir.
b) qaratqich aniqlovchi:
Bolani erkalashning uning tarbiyasiga qanday ta’siri bor?
4.To’ldiruvchi:a)vositali:
Xalqning sha’niga,ming yillar davomida to’plagan obro’-
e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqqi yo’q.
b)vositasiz:
Xalqing senga xayrixoh bo’lishini istasang, avval o’zing xalqqa
xayrixoh bo’l.
5.Hol:
Gapni bilib gapirish kerak.
1-topshiriq:Fe’llar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini
aniqlang.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Fe’l qanday harakat holatni ifodalashiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi:
1. Yumush fe’llari: ishladi, ter to’kdi.
2. Tafakkur fe’llari: o’ylaydi, o’qidi, kashf qildi.
3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi.
4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo’ldi, qayg’urdi, iztirob chekdi.
5. Nutqiy fe’llar: gapirdi, ifoda qildi.
6. Ishora fe’llari:
labini burdi, ko’zini qisdi.
7. Jismoniy holat fe’llari; og’ridi, istima qildi.
8. Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi.
9. Ko’rish fe’llari: termuldi, boqdi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra 2 xul:
1. Harakat fe’llari: yugurdi, yasadi,chopdi, yozdi.
2. Holat fe’llari:qizardi, gulladi, bo’zardi, sarg’aydi.
68
F’ellarning ma’no guruhlari:
1. Nutqiy faoliyat fe’llari: yalinmoq, vaysamq.
2. Aqliy faoliyat fe’llari: fahmladi, fikrladi.
3. Jismoniy faoliyat fe’llari: chizmoq, qimirlamoq.
4. Holat fe’llari: semirmoq, isimq.
Fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
mustaqil va yordamchi.
Mustaqil fe’llar quyidagi xususiyatga ega:
1. Atash (leksik) ma’no bildiradi, gapda biror bo’lak vazifasida keladi:
Dalalarda
Dostları ilə paylaş: