69
qo’shimchali ko’makchi fe’l qo’shiladi. Birdan ortiq ko’makchi fe’l
qatnashgan
shaklda har bir ko’makchi fe’l o’z ma’nosi bilan qatnashadi. Agar biror ko’makchi
fe’l tushirilsa, unga xos ma’no ham yo’qoladi:
aytib berib tura qol – aytib barib
tur – aytib ber.
Agar yetakchi fe’llar uyushiq bo’lak vazifasida kelsa, ko’makchi fe’l uyushiq
bo’laklarning oxirgisi bilan qo’llaniladi: u yozib, chizib, o’qib bo’ldi.
Eslatma. Yetakchi fe’l qo’shma fe’l shaklida bo’lishi mumkin:
mutolaa qilib
chiqdi, dod solib yubordi, taklif qilib ketdi.
Ba’zan yetakchi fe’l juft yoki takroriy shaklda bo’lishi mumkin:
yelib-yugurib
qoldi (juft), aytib-aytib qo’ydi (takroriy).
Eslatma. Harakatning bosqichlarini (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi)
bildiradigan ko’makchi fe’llar: boshlamoq, yotmoq, yurmoq, turmoq, chiqmoq,
bo’lmoq.
Harakatning tarzini (tezligi, imkonyati) bildiradigan ko’makchi fe’llar: olmoq,
yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq.
Ko’makchi fe’llarning ma’nolari:
1. Harakatning boshlanishi:
boshlamoq – aytib boshlamq.
2. Harakatning davomiyligi:
yotmoq, yurmoq, turmoq – yozib yotibdi(yuribdi,
turibdi).
3. Harakatni bajarishga imkoniyat:
olmoq – tera olmoq.
4. Harakatning tez va oson bajarilishi:
yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq – o’qib
yubormoq.
5. Harakatning to’la yakunlanganligi:
chiqmoq – sotib chiqmoq.
Nisbat va bo’lishli-bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga
ham qo’shilishi mumkin. M:
o’qib bo’lindi – o’qilib bo’ldi (nisbat), aytib
qo’ymadi – aytmay qo’ydi (bo’lishli-bo’lishsizlik).
Zamon, shaxs-son qo’shimchalari, fe’lning vazifa shakllari ko’makchi fe’lga
qo’shiladi. M:
aytib qo’ydi, ayitib qo’yding, aytib qo’yish.
Dostları ilə paylaş: