Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Mohira2702..

quchoq, shoda, to’p.
4. Juft predmetlar hisobini bildiruvchi hisob so’zlar: juft, par.
5. Og’irlikni bildiruvchi hisob so’zlar: mg, gr,kg, st, t, l. Eskirgan shakli: misqol, 
botmon, qadoq, paysa,dahsar.
6. Uzunlik uchun ishlatiladigan hisob so’zlar:mm, sm, dm, m, km. Eskirgan 
shakli:chaqirim, qarich, yog’och, gaz, qalam, tosh, farsax,qadam, odim, quloch.
7.Yosh hisobi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar:kunlik, haftalik, oylik, yashar, 
yoshli, yoshdagi.
8.Vaqt o’lcho’vi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: soniya, daqiqa, soat, sutka, kun, 
hafta, oy, yil, asr.
9. Maydon o’lcho’vi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: sotix, gektar. Eskirgani: 
tanob.
10. Qiymat hisobi uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: so’m, dollar. Eskirgani: paqir, 
chaqa, tiyin, miri.
11. Qattiq jism o’lcho’vi: qop, xalta, quti.
12. Ish-harakat miqdori: karra, marta, sidra, daf’a.
O’lchov so’zlar ichida ayrimlari faqat o’lchov-hisob ma’nosini bildirsa, ayrimlari 
alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o’lchov birligi ma’nosini 
bildiradi. M: suyuqlik o’lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka; hashak 
o’tinlarni o’lchash uchun tutam, quchoq, bog’; uzunlikni o’lchash uchun qarich, 
qadam, yog’och singari so’zlar faqat matn ichidagina qo’laniladi. M: besh shisha 
mineral suv, uch bochka pivo, bir paqir yog’; yuz bog’ beda, bir quchoq o’tin, uch 
qarich gazmol, besh qadam yo’l.
Eslatma.1. Fizika, kimyo, biologiya, matematikada ishlatiladigan miqdoriy 
tushunchalarni ifodalovchi so’zlarning barchasi o’lchov birligidir: amper, joul, volt. 
2. Bosh (hayvon), nafar (shaxs), litr (suyuqlik), gramm (og’irlik), tup(o’simlik) kabi 
so’zlar ham ishlatiladi.
4-topshiriq:Gaplar tarkibidagi hisob so’zlarni aniqlang.
1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt payola choy ichdi. 2.Besh qadam 
narida yotgan aravani endi ko’rdi. 3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat yo’l 
yurdik. 4.Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo’ladi. 5 Abdulla qovunchiga 
o’sha va’da qilingan ellik gektar yer berildi. 6. Uning etagi ichida ikki hovuch 
qulupnay ko’rinib turar edi. 7. Go’yo quyoshning botayotanini birinchi marta 
ko’rayotgandek, ko’zlarida hayrat aks etdi. 
Bir so’zining ma’nolari:
1. Miqdorni bildiradi: Bir dona gul.
2.O’xshashlikni bildiradi: Aka-uka xarakteri bir.
3. Noaniqlik, gumonni bildiradi: Sizni bir kishi chaqiryapti.
4. Takror qo’llanib, ayiruv bog’lovchisi bo’lib keladi: Bir kuladi, bir yig’laydi.
5. Tenglikni bildiradi: Qonun oldida hamma bir.
6. Chegaralash ma’nosini bildiradi: Darsga bir Sanjar kelmadi. (faqat yuklamasi)
7. Hodisaning ketma-ketligini bildiradi: Bir-bir aylanib chiqdi.
8. Ma’noni kuchaytiradi: U bir o’ynadiki, hamma hayron qoldi.


61 
9. Ko’rsatish olmoshi o’rnida keladi: Bir (shunday) o’lka bor dunyoda.
10. Istakni bildiradi: Bir baliq oviga borsak.
11. Harakatning belgisini bildiradi: Mashina bir to’xtadi-da, yana yurib ketdi.
Eslatma: 1. Bir so’zi ayrim qo’shimchalar bilan qotib qolgan. –ga, -dan, -day 
qo’shimchalari qo’shilganda ravishga, -ov qo’shimchsini olsa, olmoshga o’tib 
ketadi.M: Birga, birdan, birday, birov. 2. Talay, qator so’zlari bilan birikib
predmetning belgisini bildiradi: Uning bir talay kitoblari bor. 3. Nutqimizda bir 
soning o’rnida yakka, yagona, yolg’iz, tanho, faqat so’zlari ishlatiladi.M: Tanho 
(bitta)o’zim sayrga chiqdim.
Sonlarning otlashishi. Nutqimizda ba’zan son bog’langan ot tushib qolishi 
mumkin. Bunda sonlar otlashadi. Otlashgan sonlar xuddi otlar kabi egalik va 
kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: Bilagi zo’r birni yiqitar, bilimi zo’r 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin