2-topshiriq: Berilgan gaplar tarkibidan sifatlarni toping, ularni asliy va nisbiy
sifatlarga va ma’no guruhlariga ajrating.
1.Xalqimiz qadimdan shu zaminga kuchli mehr, yuksak madaniyat ila munosabatda bo’ganlar. 2.Kampirning bu so’zlarida cheksiz mehr, allaqanday nozik ichki bir dard bor edi. 3.Elchi o’rnidan turib, yuzlari cho’zinchoq, ko’zlari katta, novchadan kelgan Siparganizga ta’zim qildi. 4.Kelinga ko’zimiz tushadi: yumaloq qip-qizil loladay yuzli, ko’zlari uchqunli, yaxshigina, go’zalgina qiz. 5.Sadafbibi qoramag’’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora. 6.Bobur temuriylar sulolasining so’nggi, qolaversa, yirik va jasur vakili edi. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Sifatlarda daraja shakli. Sifatlar belgini har xil darajada bildirishi mumkin:
me’yoriy-o’rta darajada, me’yordan kuchli yoki kuchsiz. Bir belgining narsa-
buyumlar orasida ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajalari deyiladi.
Sifatlarda 4 xil daraja bor:
1. Oddiy daraja. 2. Qiyosiy daraja.3. Orttirma (kuchaytirma) daraja.4. Ozaytirma
Oddiy daraja. Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy
darajadagi sifat deyiladi. Ular belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiradi va
boshqa darajalar uchun asos bo’ladi. Oddiy darajaning maxsus ko’rsatkichi yo’q:
ishchan, yaxshi, ulkan, serhosil.
Qiyosiy daraja belgining me’yordan biroz kam yoki ortiqligini qiyosan
ifodalaydigan sifat shaklidir. Bu –roq qo’shimchasi orqali hosil qilinadi: tozaroq, yoxshiroq, kattaroq, semizroq.
Orttirma daraja belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradi va quyidagicha
hosil bo’ladi:
1.Fonetik usul: a)sifatning bosh bo’g’ini yoki qismini olib p,m kabi tovushlar
orttiriladi yoki oddiy daraja shaklidagi sifatning 1-bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan
takrorlanadi: yam-yashil, sap-sariq, kap-katta, oppoq, bus-butun. b) unlilar cho’zib talaffuz qilinadi yoki undoshlar qavatlab aytiladi: uuzun, tekkis.
2. Leksik usulda orttirma daraja maxsus so’zlar yoki so’z birikmalari orqali hosil
qilinadi: eng, juda, g’oyat, bag’oyat, nihoyatda, behad, benihoya, g’irt, tim, jiqqa,
to’q, biram, haddan ziyod, o’ta, hammasidan. M-n: eng go’zal, nihoyatda katta, o’ta mushkul, jiqqa ho’l. Ozaytirma daraja belgining me’yordan kam ekanligini bildiradi va quyidagicha
hosil bo’ladi:
56
1. Morfologik usulda ozaytirma daraja maxsus qo’shimchalar orqali hosil bo’ladi:
oqish, qoramtir, ko’kimtir, yangigina, 2. Leksik usulda ozaytirma daraja maxsus so’zlar yordamida hosil bo’ladi: sal,
picha, xiyla, biroz, nim, och, xiyol. M-n; sal pushti, xiyla ayyor, och qizil. Eslatma: -roq qo’shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so’zlari bilan sinonim
bo’la oladi. M-n: qizilroq - sal qizil - och qizil Belgining kuchsizligini ifodalash uchun leksik-morfologik usuldan birdaniga
foydalanish ham mumkin: sal ko’kish.
3-topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan sifatlarning darajalarini aniqlang.
1.Chakalaakzor qorong’ulikda vahimali va sirli ko’rinar edi. 2.Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol. 3.Bo’yi mendan kattarog’-u, o’zi sap-sariq. 4.Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shvqliroq ish yo’q edi. 5.Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turadi.