52
ulg’aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do’stlari orasida alohida
o’rin tutadi.
Kelishik qo’shimchalarining uslubiy xususiyatlari. Kelishik qo’shimchalari
grammatik ma’no ifodalash bilan birga o’ziga xos uslubiy xossalari va bo’yoqlari
bilan ajralib turadi. Ular bir-birining o’rnida ishlatilishi mumkin:
- ni va -dan qo’shimchalari: nonni oling – nondan oling;
- ni va - ga qo’shimchalari: gapingizni tushunmadim – gapingizga tushunmadim;
- ni va -da qo’shimchalari: bog’ni aylandim – bog’da aylandim;
- ning va -dan qo’shimchalari: kelganlarning biri – kelganlardan biri;
-ga va -dan qo’shimchalari:eshikka sig’madi – eshikdan sig’madi;
-ga va - da qo’shimchalari: maktabga yig’ildi – maktabda yig’ildi;
-da va -dan qo’shimchalari: radioda e’lon qildi – radiodan e’lon qildi.
Kelishiklarning boshqa qo’shimchalar bilan ma’nodoshligi.
- ning, -dagi: sening irodang- sendagi iroda;
-dan, -niki: bu daftarlar kimdan- bu daftarlar kimniki;
-dan, -lik: shahardanman – shaharlikman.
Dostları ilə paylaş: