49
Egalik shakllari
Nutqimizda 3 ta shaxs bor: 1-shaxs so’zlovchi; 2-shaxs
tinglovchi, 3-shaxs o’zga.
Otlarning uchala shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo’shimchalar
egalik qo’shimchalari deyiladi.Ot va otlashgan so’zlarning egalik qo’shimchalari
bilan shaxs va sonda o’zgarishi turlanish deyiladi.
Birlik Ko’plik
I shaxs –m, -im -miz, -imiz
IIshaxs -ng, -ing -ngiz, -ingiz
IIIshaxs -si, -i -(lar)i
Eslatma:Egalik qo’shimchasining II shaxs ko’plik shaklida 3 ta morfologik
varianti mavjud:
uyingiz, uylaring, uyinglar.
Ba’zi so’zlarda egalik qo’shimchasi ketma-ket tarzda qo’shillishi mumkin.
Bu III
shaxs egalik qo’shimchasini qo’shganda yuz beradi:
yarim+i+si=yarmisi, singlisi.
Egalik qo’shimchalarining III shaxsi birlik va ko’plik uchun umumiydir: uning uyi
– ularning uyi.
Egalik qo’shimchalari ayrim otlarga qo’shilsa, quyidagicha o’zgarish bo’ladi:
-tovush tushishi:
zahri, burni, qorni.
–tovush almashishi:
elagi, qishlog’i.
Ko’p bo’g’inli o’zlashma so’zlarga, bir bo’g’inli ko’pchilik so’zlarga
egalik
qo’shimchalari qo’shilganda k,q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: huquqi, erki,
ishtiroki, idrokim.
–tovush ortilishi, o,o’,u,e unlilari bilan tugaydigan so’zlarga egalik
qo’shimchalari quyidagicha qo’shiladi:
a)ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari tovush orttirmay qo’shiladi:
bobong,
bobosi, bobongiz, orzum, orzung, orzumiz.
b) parvo, obro’, mavqe, mavzu, avzo so’zlarga I,II shaxs egalik qo’shimchalari
qo’shilganda bir y tovushi qo’shib aytiladi va shunday yoziladi:
parvoyim,
parvoyingiz, obro’yim, obro’ying, mavqeyim, mavqeyingiz, mavzuyimiz,
mavzuyingiz, avzoyingiz III shaxs egalik qo’shimchasi parvo, avzo,obro’ mavqe
so’zlariga -yi shaklida,xudo, mavzu so’zlariga esa -si shaklida qo’shiladi:
parvoyi,
avzoyi,obro’yi, mavqeyi mavzusi, xudosi.
Eslatma.Egalik qo’shimchalarining I-II shaxs ko’pligi ba’zan belgisiz (qo’shimcha
tushib qoladi) qo’llanishi mumkin: bizning litseyimiz – bizning litsey, sizning
uyingiz – sizning uy.
Egalik shakllari quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1. Qarashlilik ma’nosini:
Kitobing juda qiziqarli ekan.
2. Xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini:
Bobur bog’i, Orol dengizi.
3. Harakat bajaruvchining shaxs va sonini bildiradi. Bunda egalik qo’shimchasi
sifatdosh yoki harakat nomiga qo’shiladi
: O’qiganlarim bekorga ketmadi
Dostları ilə paylaş: