Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
Mohira2702..

yettitacha, minglarcha, yuzlab .-lab, -larcha omonim qo’shimchalardir. M-n: 
bittalab (son) – o’ylab (ravish); yuzlarcha (son) – bolalarcha (ravish).
Quyidagilar ham chama ma’nosini beradi: uch yilcha oldin, to’rt oymi vaqt o’tdi, 
10-15ta odam yig’ildi
6. Kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalaydi: o’ndan bir, beshdan ikki.


59 
Eslatma: Yarim (1/2), chorak (1/4), nimchorak (1/8) bular ham kasr sonlardir. M-n: 
U to’rtta kitobidan ikkitasini menga berdi.
2-topshiriq: Gaplar tarkibidan sonlari aniqlang va ularni ma’no guruhlariga ajrating.
1.Globusda bo’lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshg Vatan, albatta. 2.Besh-
oltita tinish belgi kelib bugun, o‘tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig’in.3.Qulupnayning 
mevasi naviga qarab, uchtadan saksontagacha bo’lishi mumkin.4.Oqibat ikkovi-da 
baravar yiqildi. 5.Jo’jalardan ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam o’ttiztasi o’sib 
tovuq bo’ldi. 6.Bekata o’ntacha odam avtobus kutib turishardi.7.Uchalasi dalaning 
poynagiga qarab yurdilar. 8.Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.9.Pakana buvi 
tuxumdan hammamizga ikkitaan ulashib chiqdi. 10.To’tiniso hovlini sotib, ikki 
yetimni 
o’z 
qishlog’i 
Rafqonga 
olib 
ketishga 
qaror 
qilgan 
ei.
II. Tartib sonlar narsaning ketma-ket tartibini bildiradi.Sanoq songa –nchi, -inchi, -
lamchi qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. M-n: beshinchi, yettinchi, 
birinchi.  
Eslatma: -lamchi qo’shimchasi faqat 1 va2 sonlariga qo’shiladi.
Tartib sonlar otlashadi: O’ninchilarni Yangi yil bazmiga taklif etamiz.
Tartib sonlar kirish so’z bo’lib kelishi mumkin: Birinchidan, rostgo’y bo’lish kerak.
Tartib sonlar hisob so’zlar bilan ishlatilmaydi.
Tartib sonlar 3 xil yoziladi: 1)so’z bilan: o’ninchi xona (umumxalq bayramini 
ifodalovchi kunning tartib raqami harflar bilan quyidagicha yozililadi: Yurtimizda 
Yigirma birinchi mart keng nishonlanadi.); 2)arab raqami: 9-sinf (Bayramlar nomi 
arab raqami bilan ifodalansa, oyning nomi kichik harf bilan yoziladi.M-n: 8-mart 
sevimli bayramim.); 3)rim raqami:XXI asr
Eslatma:Tartib sonlarning ayrimlari sifat turkumiga ko’chishi mumkin: yettinchi 
lampa, o’ninchi ip.
Yuqorida ko’rib chiqilgan sonning ma’no turini hosil qiluvchi barcha qo’shimchalar 
lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalardir.  
3-topshiriq: Tartib sonlar ishtirokida gaplar tuzing va gapdagi sintaktik vazifasini 
aniqlang.
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________ 
Hisob so’zlar. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida 
qo’llanib bu narsaning o’lcho’vini bildirgan so’zlar hisob so’zlar deyiladi. O’lchov 
so’zlar ko’pincha ot turkumidagi so’zlardan iborat bo’ladi. Ular quyidagilar:
1.Narsani donalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar: dona, nusxa, bosh
tup, nafar.
2. Butunning, to’daning, guruhning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob 
so’zlar: burda, parcha, varaq, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, poy, shingil, 
qultum, tomchi, qatra, chaqmoq(qandga), nimta, to’g’ram, karch.


60 
3. To’dalab, guruhlab ko’rsatuvchi hisob so’zlar:gala, to’da, guruh, dasta, bog’, 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin