53
shakli ham qarashlilikni, ya’ni predmetning 3 shaxsdan biriga tegishliligini
bildiradi: bog’im – I shaxs birlik. Qarashlilik shakli ham tegishlilikni bildiradi,
lekin unda shaxs va shaxsning soni tushunchalari yo’q. –niki shakli eski o’zbek
tilida
maning turur,Ahmadning turur (meniki, Ahmadniki).
5.Chegara shakli –gacha, -kacha, -qacha qo’shimchalari orqali hosil bo’ladi va
chegara ma’nosini bildiradi.M-n:
uygacha, qishloqqacha.
6.O’rin-joy shakli –dagi qo’shimchasi orqali hosil bo’ladi:
osmondagi
Eslatma: Otlardagi son, kichraytirish va erkalash qo’shimchalari otlarning
lug’aviy shakllari hisoblanadi.
Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Ular 4 xil bo’ladi: 1) sodda; 2)qo’shma; 3)juft; 4)takroriy.
Sodda otlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub (barg, stol, parda),
yasama (o’quvchi, tepalik, somsapaz).
Qo’shma otlar: belkurak, qo’lqop. Qo’shma ot qismlarida qanday munosabat
borligi birmuncha anglashiladi:
- aniqlovchi-aniqlanmish: belbog’, so’zboshi, oqqush, itbaliq;
- to’ldiruvchi-kesim: otboqar, muzyorar, o’rinbosar;
-hol-kesim: iskabtopar, beshotar;
-kesim-undalma:yoriltosh, ochildasturxon, urto’qmoq;
-ega-kesim: Soykeldi, Ilono’tdi.
Juft otlar bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tashkil topgan
so’zlardir. Ular jamlikni bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi:
ota-ona, qozon-
tovoq, kuch-quvvat, or-nomus, do’st-dushman.
Takroriy otlar bir otning takrorlanishidan hosil bo’ladi:
un-pun, qator-qator,
choy-poy.
Otlarning yasalishi Otlar 3 xil usul bilan yasaladi:
1. Morfologik (affiksatsiya)usulda o’zakka so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish
orqali ot yasaladi:
ijodkor, gulzor, dehqonchilik, soatsoz, xolavachcha.
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulda qo’shma otlar yasaladi:
oshqozon (ot+ot),
kaltakesak (sifat+ot), gulbeor (ot+sifat), qirqquloq (son+ot), o’rinbosar (ot+ -ar
Dostları ilə paylaş: