8-mavzu: “Oʻnlik”, “Yuzlik”, “Minglik” va “Ko‘p xonali sonlar” mavzusida raqamlashga o‘rgatish metodikasi



Yüklə 25,41 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü25,41 Kb.
#208175
8-mavzu amaliy


8-mavzu: “Oʻnlik”, “Yuzlik”, “Minglik” va “Ko‘p xonali sonlar” mavzusida raqamlashga o‘rgatish metodikasi

Sonlarni raqamlashni oʻrgatish oʻquvchilar uchun prinsipial yangi boʻlgan bilimlarni shakllantirishdan, ya’ni yangi sanoq birligi sifatidagi oʻnlik tushunchasi shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11-20 sonlarning oʻnli tarkibi, 21-100 ichida sonlarni ogʻzaki va yozma raqamlash hamda shu sonlarning oʻnli tarkibi oʻrganiladi. Sonlarning natural ketma-ketligini va oʻnli tarkibini bilganlik asosida 13+1, 17+1, 10+3, 16-6, 19-10 koʻrinishdagi qoʻshish va ayirishni puxta biladilar.


Birinchi sinfda 10 ichida raqamlash bilan oʻquvchilar tanishganlaridan keyin yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishadilar, bu yerda ular oʻnta birlik – yangi sanoq birligi oʻnlikni, oʻnta oʻnlik esa yangi sanoq birligi – yuzlikni hosil qiladi, - degan oʻnli sanoq sistemasi toʻgʻrisida boshlangʻich ma’lumotlarga ega boʻladilar.
100 ichida raqamlashga oʻrgatish masalalari quyidagilardan iborat:
1. Oʻquvchilarni yangi sanoq birligi oʻnliklar bilan tanishtirish;
2. Xonalar boʻyicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va oʻnlikdan iboratligini, bitta oʻnlik esa oʻnta birlikdan iboratligini oʻrgatish;
3. 46 sonidagi ikkita raqam sonni bildirishini tushuntirish;
4. Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qoʻshish va ayirish koʻnikmalarini shakllantirish;
5. Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi oʻlchov birliklari uzunlik (dm, m) haqida tushuncha berish;
6. 100 ichida raqamlashga oʻrgatishda predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga oʻrgatish;
7. 100 ichida sonlarni oʻqish va yozishga oʻrgatish xona birliklari bilan tanishtirish.

Boshlangʻich sinf matematika kursida 100 ichida raqamlashga oʻrgatish ikki bosqichga ajratiladi: 11 dan 20 gacha sonlarni raqamlash va 21 dan 100 gacha sonlarni raqamlash. 10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni oʻnli guruhlashga va raqamlarning oʻrin qiymatlari tamoyilini qoʻllanishga asoslangan: oʻngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi oʻrinda, oʻnliklar ikkinchi oʻrinda


yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash boʻyicha ish davomida oʻquvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari bilan tanishadilar. Oʻquvchilarga quyidagi koʻrinishidagi topshiriqlarni berish yoʻli bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak:
1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni ajratib yozing:
1, 11, 7, 9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19, ......
2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy bir xonali son yozing va har birini 10 marta orttiring. Ularni oʻqing.
3) 1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali soʻngra ikki xonali sonlarni yozing.
4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Tushuntirishda choʻplar bogʻlami, doirachalar, abak, ... koʻrgazmasidan foydalaniladi.
11 dan 20 gacha sonlarni raqamlashni oʻrgatish boʻyicha savollar:
1. Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish mumkin? (bitta oʻnlik)
2. Oʻn ikki sonida nechta oʻnlik va nechta birlik bor?
3. Sanoq choʻplar yordamida 15 ta choʻpni ayting, 10 ta choʻpni alohida qilib
bogʻlang, bu nechta oʻnlik va nechta birlik boʻlishini ayting.
4. Uzunligi 13 katakta boʻlgan qatorni chizing, 10 ta katakni boʻyang. Nechta katak boʻyalgan?
5. Bir oʻnlik va beshta choʻpni oling – hammasi qancha boʻldi?
6. Qanday son bir oʻnlik va toʻqqiz birlikdan iborat?
100 ichida raqamlashga oʻrgatishda oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilar ongida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilishdan iborat:
1. Predmetlarni bittalab, oʻntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib yozish;
2. 100 ichida sonlarni oʻqish va yozishni hamda ularning natural qatorida kelish tartibini bilish;
3. Sonlarni yuzliklardan, oʻnliklardan va birliklardan hosil qila olish (ya’ni sonlarning oʻnli tarkibini bilish);
4. Oʻngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari), oʻnliklar (2-xona)
yuzliklar (3-xona) qaysi oʻringa yozilishini aniqlash;
5. Sonni (ikki va uch xonali) xona qoʻshiluvchilarining yigʻindisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
Ogʻzaki raqamlashni oʻrgatishda, soʻngra yozma raqamlashni oʻrgatishda sonlarni xona qoʻshiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qoʻshish va ayirish hollari qaraladi. Masalan, 10+7, 18+10, 15-5 ni yeching.
100 ichidagi sonlarni raqamlash darsida sonlarning natural qatori bilan sistemali ish bajarib turilishi kerak. Predmetlarni bittalab qoʻshib sanash va ajratib sanashga doir 14-1, 17+1 kabi misollarni yechish, taqqoslashga doir 16<17, 17+1 kabi misollarni yechish, taqqoslashga doir 16<17 18>15 misollarni koʻrsatish lozim.
1. Oʻnliklar sanogʻi, 10, 20, 30, ... hosil boʻlishi va atalishi.
2. Sonlarning oʻnliklardan va birliklardan hosil boʻlishi.
3. Ikki xonali sonlarni yozma raqamlash, yozish va oʻqish, 1- va 2-xona birliklari.

1000 ichida sonlarni raqamlashga oʻrgatishda boshlangʻich sinf oʻqituvchisining vazifasi quyidagilardan iborat:


a) predmetlarni bittalab, oʻntalab, yuztalab, gruppalarga birlashtirib sanash;
b) 1000 ichida sonlarni oʻqish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish tartibini bilish;
v) Sonlarni yuzlik, oʻnlik va birliklardan hosil qilish;
g) Oʻngdan chapga hisoblaganda, birliklar, oʻnliklar, yuzliklar qaysi oʻrinda turishini;
d) Sonni xona qoʻshiluvchilari yigʻindisi koʻrinishida yoza olish va xona
birliklarini bilish.
1000 ichida sonlarni raqamlashni oʻrganish natijasida oʻquvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va koʻnikmalar egallab olishlari kerak.
1. 1000 ichida sonlarni raqamlashni bilish, sonning hosil boʻlishini, oʻzidan
oldingi va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish.
2. Har bir sonni sonlar qatoridagi oʻrnini.
3. Sonlarning oʻrni qiymatlarini bilgan holda oʻqiy va yoza olish.
4. Taqqoslash.
5. Sonni xona yigʻindisi koʻrinishida yoza olish.
6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qoʻshish va ayirishni
bajarish.
7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish.
8. 100, ..., 200, ..., 300, ..., 400, ..., 500, ..., 600, ..., 700,..., 800,..., 900,...,
1000 sonlari orasini toʻldira bilish. SHu asosda 100-1000 gacha sonlarni raqamlab
chiqadilar.
233
9. Ishning navbatdagi bosqichida uch xonali sonlarning oʻnli tartiblarini ya’ni ularning yuzliklardan va oʻnliklardan, birliklardan hosil boʻlganini tushuntirish kerak. Buning uchun yuqoridagi choʻplar yoki kvadrat shakllardan foydalanish mumkin. Abak, choʻp kabi koʻrgazmalar ham foydalidir.
Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq sonlar bilan almashtirish va aksincha almashtirishga mashqlar bajarilishi kerak. Masalan, 2m, 3m, 5m,ni sm.ga aylantiring 600 sm necha metrga teng va x.k.
Yozma raqamlash. Bu yerda ham oldin ikki xonali sonlarni yozma raqamlashni takrorlash zarur: 1) «Son” va “Raqam” terminlarining ma’nolarini va bular orasidagi farqlar. 2) Sonlarning yozilishida raqamlarning oʻrin qiymati. 3)Ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid mashqlar bajarilishi kerak.
Oldindan tayyorlangan choʻplar, kvadratlardan foydalanish zarur.Quyidagi mashqlarni bajarish yozma raqamlashga oid bilimlarini mustahkamlaydi.
1. Sonlarni daftaringizga tartib bilan yozing: 196, 169, 700, 1000, 86,...
2. Uch yuz bir soni va uch yuz oʻn yozing.
3. 96 bilan 703 soni orasidagi sonlarni yozing.
4. 5, 7, 9 raqamlari bilan yoziladigan barcha sonlarni yozing.
5. 635, 67, 306, 666 sonlardagi 6 raqami nimalarni bildiradi.
6. 6 yuzlik va 3 birlik, 5 oʻnlik va 2 birlik, 10 ta yuzlik 4 ta oʻnlikdan iborat
sonlarni yozing.
7. 71 va 701, 333 va 33, 500 va 501, 600, 601 va 160 sonlarini yozish uchun
nechta raqam va nechta son kerak.
“Koʻp xonali sonlar” mavzusida sonlarni raqamlashga o`rgatish metodikasi ham o`qituvchi oldida turgan muhim vazifalardandir. Bu mavzuni o`gatishda asosiy vazifa minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasi mohiyatini yechish va shu asosda koʻp xonali sonlarni oʻqish va yozishga oʻrgatish, bolalarning oʻnlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini, natural ketma-ketlikni, sonlarni yozishning pozitsion prinsiplariga oid bilimlarni umumlashtirishdan iborat.
Koʻp xonali sonlarni ogʻzaki va yozma raqamlashni oʻrgatish bir necha bosqichlarga boʻlinadi:
1. Tayyorgarlik ishi.
2. Raqamlashni oʻrganish.
3. 2-sinf sonlarining hosil boʻlishi, oʻqilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
4. Olti xonali sonlarning hosil boʻlishi, oʻqilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
5. Oʻquvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash.
6. Millionlar sinfining hosil boʻlishini tushuntirish.
Koʻp xonali sonlarni raqamlashni oʻrganish natijasida oʻquvchilar:
1. Milliongacha sonlarning nomlarini oʻzlashtirib olishlari, ularning qanday hosil boʻlishlarini tushunishlari, ularning oʻnli tarkiblarini bilib olishlari kerak.
2. Sinflarning raqamlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilish kerak.
3. Millionlar sinfi ichida har qanday sonni oʻqiy olish va yoza olishlari kerak.
4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak.
5. Sonni xona qoʻshiluvchilarining yigʻindisi shaklida tasvirlay olishlari, 10,
100, 1000 marta orttirish va kamaytirishlarni bilish kerak.
Nazorat savollari

  1. Yuz ichida raqamlash bu….

  2. Yuz ichida raqamlashga oʻrgatishda asosan qanday koʻrgazmalardan foydalanish mumkin?

  3. 100 ichida raqamlashga oʻrgatishda koʻrgazmalilikdan qanday foydalaniladi?

  4. 100 ichida raqamlashga oʻrgatishda oʻquvchilarda ... ta’minlash lozim?

  5. Motivatsiya deganda nimani tushunasiz?

  6. 1000 ichida raqamlashga oʻrgatishda asosan qanday koʻrgazmalardan

foydalanish mumkin?
Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin