Mavzu: Matematika olamiga sayohat Ta’limiy maqsad



Yüklə 39,76 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü39,76 Kb.
#177542
  1   2   3   4
Eraliyeva G


Mavzu: Matematika olamiga sayohat


Ta’limiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarni elementar matematika haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyalanuvchilarda 10 gacha bo’lgan sonlarni to’gri va teskari sanash..10 gacha bo’lgan sonlarni oldingi va keyingi sonlar bilan bog’lanish tartibini tushuntirish. Geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Bolalarda narsalar shakliga qarab farqlay olish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: Jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasini shakllantirish, bir-birini fikrini hurmat qilishga o’rgatish, bolalarda do’stlik, o’zaro hamjihatlik tuyg’ularini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Tarbiyalanuvchilar buyumlar sonini, shaklini farqlaydi. Diqqat va tafakkuri rivojlanadi. Mantiqiy fikrlashga o’rganadi.
Kutilayotgan natija: Tarbiyalanuvchilarda ijodkorlik bilan mustaqil ishlash ko’nikmasi rivojlanadi. Matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshadi.
Kerakli jixozlar: Mazuga oid sonlar, raqamlar ketma-ketligi, geometrik shakllar, soat, legolar, o’yinchoqlar, AKT, fasllarga mos kartochkalar.


Mashg’ulotning borishi:


Tarbiyachi: Bolajonlar sog’misiz,omonmisiz. Bugungi faoliyatga tayyormisiz?
Bolalar: Ha,biz tayyormiz.
Tarbiyachi: Unday bo’isa bugungi faoliyatimizni boshlaymiz. Bolajonlar bugun haftamizning nechanchi kuni, nomi nima?
Bola: Bugun haftamizning ikkinchi kuni, nomi seshanba.
Tarbiyachi:Barakalla,bir hartada nechta kun bor?
Bola: Bir haftada 7 ta kun bor, nomlarini sanab beraman. Dushanba, seshanba, chorchanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.
Tarbiyachi: Barakalla! Mening bilag’on bolajonlarim. Hozir o’lkamizda qaysi fasl.
Bola: Hozir o’lkamizda kuz fasli.
Tarbiyachi:Kuz faslida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Bola: Kuz Kuz faslida havo soviy boshlaydi, tabiat o’zgacha go’zal tusga kiradi. Daraxtlat bargi oltin rangga kirib, rango-rang bo’lib tovlanadi. 1-sentyabr kuzning birinchi kuni, biz uchun qo’shaloq bayram.
Tarbiyachi: Barakalla, Kuz faslini o’zgacha tarovati bor, kuz faslida dehqonlarimizni ishi qizigandan qiziydi, paxtakorlarimiz paxtalarni yig’ib olishadi. Tabiat tilla rangga kiradi, kuz fasli to’kin, sochinlik fasli. Kuz fasli haqida kim she’r biladi?




Yüklə 39,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin