4-bola: Voy mening asal mushukchalarim, mening mushukchalarim “4” ta. Bir yida bor to’rt fasl.
5-bola: Mening bitta qo’limda beshta barmoq bor. Do’stlarimning ham bitta qo’lida beshta barmoq bor.
Demak, bu yerga “5” sonini joylaymiz. Men maktabga borsam albatta “5” bahoga o’qiyman.
6-bola: Bu yerdagi yulduzchalarni soni oltida..............................
Shunday qilib o’yin davom etadi. Tarbiyachi har bir son haqida bilimlarini mustahkamlab, raqamlar haqida she’rlar so’raydi, bolajonlar maroq bilan aytishadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar endi biz 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarning qo’shnisini topamiz. 10 gacha bo’lgan sonlarni oldingi va keyingi sonlar bilan bog’lanish tartibini topib joylaymiz.(3-ilova)
Tarbiyalanuvchilar sanoq cho’plar, lentalar, kartochkalar orqali qo’shni sonlarni topishadi, har bir sonning o’rni va bitta son bo’lmasa nimalar bo’lishini anglab yetadi. Tarbiyachi bolalarni rag’batlantirib boradi.
Tarbiyachi: Bolajonlar sonlarni tartib bilan ham sanash malakasini mustahkamlab oldik. Endi sizlar bilan 10 dan teskari sanashni o’rganib olamiz.
Bola: 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1.
Tarbiyachi: Barakalla! Meni blimdon bolajonlarim. Endi sizlar bilan “Zinama-zina” metodi orqali 10 sonini topamiz. (4-ilova)
Jismoniy daqiqa: O’ng qo’limda besh barmoq,
Chap qo’limda besh barmoq
Ikkalasi o’n barmoq,
O’n barmoq inoq barmoq.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar xozir men sizlarga she’riy topishmoq aytaman. Diqqat bilan tinglang va oldingizdagi raqamli kartochkalardan foydalaning.
4 ta o’rdak 5 ta g’oz 2)Bor edi 5 ta kulcha,dumaladi 1 kulcha