40
2.
Atamalar (terminlar). Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni
ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlardir. Atamalar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil
bo’ladi: 1)ilmiy atamalar:
hujayra, fonema, kasr, fe’l.
2)kasb-hunar atamalari:
andava, shpatel, oboy, tyaga.
Ilmiy terminlar ikki xil yo’l bilan hosil qilinadi:
a)umumxalq tilidagi so’zlardan ma’noni maxsuslashtirish orqali:qo’shish, ayrish,
ildiz,tekislik;
b)boshqa tillardagi terminlarni o’zlashtirish orqali: fonetika, biznes, virus.
3.
Noadabiy qatlam jonli nutqda
uchraydigan, lekin keng iste’molda qo’llanilmay,
uslubiy ma’noda ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko’rsatadigan
so’zlardir:
innaykeyin, xo’p bo’ladi, shu desangiz, endi, xo’sh, deylik.
4.
Jargonlar yuqori tabaqa vakillari uchun tushunarli bo’lgan so’z va
iboralardir:
Zoti oliylari, volidayi muhtarama, padari buzrukvorimiz.
5.
Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, ba’zan yoshlari bir xil, juda tor doiraga
mansub kishilar qo’llaydigan, ma’nosi shu kishilargagina tushunarli bo’lgan so’z
va iboralardir:
qaychi-taftishchi, kolxoz-chiptasiz yo’lovchi (temiryo’lchilar
argosi).
6.
Evfemizmlar qo’pol, beodob, noqulay so’z va so’z birikmalarini so’zlashuv
tiliga xos qulay so’zlarga almashtirishdir: xotin oldi-uylandi, o’ldi-vafot etdi.
Madaniy nutq sohibi o’z fikrini chiroyli va kishi ko’ngliga og’ir botmaydigan qilib
ifoda etadi. Fikrni og’ir botmaydigan, tinglovchiga
malol kelmaydigan qilib
ifodalash vositalari
evfemizm (grek tilida bu so’z “yumshoq gapirmoq” ma’nosida
qo’llangan) deyiladi. Masalan,
yomon bo’libdi degandan ko’ra
yaxshi bo’lmabdi
deyish,
kasal ifodasidan ko’ra
mazasi yo’q deyilsa, kishi ko’ngliga qattiq
botmaydi. Evfemizmni o’rinli qo’llash kishining madaniyatli ekanligini bildiradi.
Turmush o’rtog’ingiz ismini aytmaslik (masalan:
dadasi, dadajonisi, oyisi deyish
yoki katta farzandining ismi bilan chaqirish), sizlash
kabilarni ham evfemizmga
misol qilish mumkin.
Evfemizmning aksi
disfemizm (grek tilida bu so’z “qo’pol gapirmoq” ma’nosida
qo’llangan) deyiladi. Masalan,
yomon bo’libdi tushunchasi uchun qo’llangan
rasvo
bo’libdi, kasal tushunchasi uchun qo’llangan
dard uribdi ifodalari disfemizmga
misol.Nutqda disfemizmni ko’p qo’llash kishining madaniyatsiz ekanini ko’rsatadi.
Demak, disfemizm va evfemizm ikki chekkada, betaraf ifoda esa ular o’rtasida
turadi:
joni chiqdi – o’ldi – uzildi.
7.
Tabu man etilgan, aynan aytilmaydigan so’zlardir:
qizamiq-gul, chayon-eshak
yoki gajak, ilon-arqon, hurmat asosidagi sen o’rniga
siz ishlatilishi ham tabuga
kiradi
Tasviriy ifoda (parafraza) Predmetni o’z nomi bilan atamay tasvirlab ifodalanishi
yoki biron narsa va hodisani boshqa bir narsa va o’xshatish orqali tasvirlab
ifodalash tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar narsa va
hadisalarning ikkinchi
nomidir. Tasviriy ifoda – narsalar nomining bo’yoqdor muqobili bo’lgan birikma.
U uslubiy chegaralangan, ko’proq publitsistikaga xos. Tasviriy ifoda tushunchani
bildirishi bilan so’zga teng, lekin bo’yoqdorligi biln farqlanadi.