35
2. Affiksal omonimlar qo’shimchalarning omonim bo’lishidir:
-lar, -ik, -oq.
3.Frazeologik omonimlar (iboralarning omonim bo’lishi): U har doim onasini
boshiga ko’taradi(e’zozlaydi). Agar javob bermasa, bolalar xonani boshiga
ko’taradi (shovqin qiladi).(ko’z yummoq, dam bermoq bular ham omonim
iboralardir).
Quyidagi so’zlar 3 xil so’z turkumi doirasida omonimlikni yuzaga keltiradi:
1.Terma (fe’l), terma (ot), terma(sifat).
2.Tik (fe’l),tik (ot), tik (sifat).
3.Tom (fe’l),tom (ot), tom (sifat).
4.Oshiq (fe’l), oshiq (ot), oshiq (sifat).
Omonimlarni yuzaga keltiruvchi vositalar:
1.Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolari o’rtasidagi bog’lanishning yo’qolishi
natijasida:
dam, gap
2.Bunda o’zga tillardan olingan so’z bilan o’z tildagi so’z talaffuz yoki shaklan bir
xil bo’lib qoladi: bog’ (bog’lam)-o’zbekcha, bog’(mevazor)-tojikcha; tok
(uzumzor)-tojikcha, tok (elektr)-ruscha.
Omonimlar vositasida badiiy adabiyotda tuyuq janri va tajnis san’ati yuzaga
keladi. Bunda misra oxiridagi qofiyalarning o’rnida omonimlar ishlatiladi. Tuyuq
faqat turkiy adabiyotda yaratilgan:
Taqdirni o’z qo’ling bilan yoz Qariganda halovat kerak
Mening bilan qishni qilgan yoz Arzir men ham tin olsam yengil
Erkinlikning osmonida uch Lekin bunga yurmaydi yurak
Maqsad sari qanotingni yoz Ko’ngil desam,ko’nmaydi k o’ngil
1-topshiriq:Berilgan gaplar tarkibidan omonim so’zlarni aniqlang. Qaysi gap
tarkibidagi shakldosh so’zlarga grammatik shakllar qo’shilganda shakldoshlik
yo’qolgan?
1.Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi. Otaxon patnisga bir
hovuch bargak va bir siqim mayiz qo’ydi. 2. O’ng qo’li bilan asta peshonasidagi
terni artdi. Abdurahim pihgan qirmizi olmalarni savatga terdi. 3.Koinot bizga o’z
sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoralardan kelgan mehmonlarning kosmik kemasi
kumushsimon sir bilan qoplangan edi. 4.Ahmad ro’paradan kelayotgan yot
Dostları ilə paylaş: