Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
Mohira2702..

yo’l, osma ko’prik  
1-topshiriq:  Tarkibi har xil so’z turkumidan iborat bo’lgan qo’shma so’zlarga 
misollar keltiring. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
2-topshiriq:   Tarkibi bir xil bo’lgan va ajratib yoziladigan qo’shma so’zlarga 
misollar keltiring. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
III. Juft so’zlar ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli 2 o’zakning 
juftlashuvidan tashkil topgan so’zlardir. Juft so’z o’zaklari har doim chiziqcha 
bilan yoziladi. Ularning har ikkala qismi deyarli har doim bir xil so’z turkumiga 
oid bo’ladi: idish-tovoq (ot), yaxshi-yomon (sifat), yozdi-oldi (fe’l), erta-kech 
(ravish), uch-to’rt (son), sen-men (olmosh).
Judayam kam hollarda juft so’zlarning tarkibi har xil so’z turkumiga oid bo’lishi 
mumkin: ur-to’polon (fe’l-ot), shirin-shakar(sifat-ot).
Juft so’zlarning tarkibi 4 xil bo’ladi:
1.Har ikkala qismi yakka holda mustaqil ma’no bildiradi:daftar-kitob, toat-ibodat, 
or-nomus.
2. 2-qismi yakka holda ishlatilmaydi: temir-tersak, kiyim-kechak, maza-matra, 
mayda-chuyda.
3. Ikkala qismi ham ma’no bildirmaydi: g’ala-g’ovur, dali-g’uli, poyintar-soyintar.
4. 1-qismi ma’no bildirmaydi:qo’ni-qo’shni
Eslatma: Grammatik shakllar ( lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi 
qo’shimchalar) ,odatda, juft so’zlarning 2-qismiga qo’shiladi: qo’y-qo’zilarni. 
Ba’zan bu qo’shimchalar ikkala qismiga ham qo’shilishi mumkin: aytdim-qo’ydim
Juft so’zlar quyidagicha tuziladi:
1.Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: sabzi-piyoz, qovun-tarvuz, qozon-tovoq.
2. Sinonimlardan: baxt-saodat, kuch-quvvat, o’t-olov, yarog’-aslaha, aft-bashara.
3.Antonimlardan:oq-qora, uzun-qisqa, yaxshi-yomon.
4.Butun va bo’lak nomlaridan: tog’-tosh, oy-kun, vaqt-soat, gap-so’z. 


29 
Juft so’zlar tub yoki yasama bo’lishi mumkin: besh-olti (tub-tub), o’yin-
kulgi(tub-yasama), yig’im-terim (yasama-yasama),his-tuyg’u (tub-yasama), issiq-
sovuq (yasama-yasama) 
Juft so’zlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1.Ma’no umumlashadi;ota-ona, yaxahi-yomon,
2.Ma’no umumlashadi va kengayadi; ot-ulov, oziq-ovqat, idish-tovoq
3.Aytdi-qo’ydi, yozdi-qo’ydi kabi juft fe’llarning 2-qismi yordamchi bo’ladi, u 1-
qismining ma’nosiga yana qandaydir ma’no qo’shadi. Aytdi bilan aytdi-qo’ydi 
teng emas. Aytdi-qo’ydi ishning osonlagini, birdan bajarilganligini bildiradi.
Eslatma. Juft so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yangi so’z yasash 
mumkin; qishin-yozin, ochin-to’qin, or-nomusli
Eslatma. –u, -yu yuklamasi juft so’zlar orasida bog’lovchi vazifasini bajarganda, 
juft so’zlarning 1-qismidan har doim chiziqcha bilan ajratib yoziladi; kun-u tun, 
kecha-yu kunduz
Ba’zi juft so’z qismlari o’rnini almashtirib qo’llash mumkin; omon-eson, kun-tun, 
qish-yoz. 
3-topshiriq: Berilgan juft so’zlarni tarkibi, tuzilishi hamda tub-yasamaligi bo’yicha 
to’liq tahlil qiling. 
Sakrab-hakkalab_____________________________________________________ 
Yayrab-quvnab______________________________________________________ 
Ochilib-sochilib_____________________________________________________ 
Qo’llab-quvvatlab____________________________________________________ 
Ana-mana__________________________________________________________ 
O’y-hayol__________________________________________________________ 
Ko’rpa-to’shak______________________________________________________ 
Adi-badi___________________________________________________________ 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin