2- amaliy mashg ʻ ulot obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari reja



Yüklə 35,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü35,26 Kb.
#185919
  1   2
2-amaliy mashg\'ulot



2- AMALIY MASHG
ʻ
ULOT 
OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH 
TEXNOLOGIYALARI
 
Reja
 
1.
Nazariy qism bilan tanishish. 
2.Dastur tuzish asoslarini o‘rganish. 
3.Ilovalar yaratish. 
Nazariy qism
Borland C++ Builder 6 dasturida dasturlash ikkita oʻzaro ta’sir etuvchi 
bir-biri bilan bogʻliq jarayon asosida tashkil qilinadi: 
-
dasturni vizual loyihalash jarayoni; 
-
dastur kodlarini konsol muhitida kiritish jarayoni. 
Vizual loyihalash jarayonida dasturda yaratilayotgan ilovaning dizayni 
shakllanadi. Dasturchi vizual loyihalash jarayonini bajarganda Borland 
C++ Builder 6 avtomatik ravishda dastur kodini yaratishni boshlaydi. 
Dasturchi loyihasini ishlashi mobaynida dastur kodini C++ tilining maxsus 
operatorlari bilan toʻldiradi. 
Borland C++ Builder 6 dastur ham Windows amaliyot tizimining 
boshqa dasturlari kabi ishga tushiriladi: 
Пуск => Все программы => Borland C++ Builder 6 => C++ Builder 
6. 
Dastur yuklangandan keyin ekranda darcha paydo boʻladi. Borland 
C++ Builder 6 dasturi quyidagi beshta asosiy darchani oʻz ichiga oladi: 
1.
Bosh oyna – C++ Builder 6 (Project1); 
2.
Forma oynasi (Form1); 
3.
Obyekt xossalarini tahrirlash oynasi (Object Inspector); 
4.
Obyektlar roʻyxatini koʻrish oynasi (Object tree View); 
5.
Dastur kodlarini kiritish oynasi (Unit.cpp). 
Bosh oyna 
(Project1) ekranning yuqori qismida joylashgan boʻlib, 
uning birinchi qatorida sarlavha, ya’ni loyihaning nomi (C++ Builder 6 – 
Project1) joylashgan. 
Ikkinchi qatorda asosoiy menyular qatori gorizontal koʻrinishda 
joylashgan. Asosiy menyular qatori dasturni yaratish uchun kerak 
boʻladigan barcha buyruqlar va funksiyalarga murojaat qilish imkonini 
yaratadi. 
Keyingi qatorning chap tarafida tezkor murojaat etish tugmalari 
mavjud. Bajaradigan vazifasiga qarab ketma-ketlikda birlashtirilgan. Ular 
tez-tez ishlatiladigan buyruqlarga tezkor murojaat etish imkonini beradi. 
Oʻng tarafida vizual komponentalar palitrasi VCL (Visual Component 


Library, vizual komponentalar kutubxonasi) keltirilgan. Windows 
operatsion tizimi ilovalarni yaratish uchun vizual komponentalarni oʻz 
ichiga oladi. Vizual komponentalar palitrasi bir nechta qismlardan iborat 
guruhlarga boʻlingan. Bu vizual komponentalar palitrasi yordamida tezkor 
va oson usulda dasturlarni yaratish mumkin. 
44-rasm. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi 
45-rasm. Bosh oyna 
Forma oynasi 
(Form1) yangi yaratilishi kerak boʻladigan dasturning 
koʻrinishi hisoblanadi. Forma oynasi C++ Builder 6 ilovalari uchun asos 
boʻlib, unda yaratilayotgan dasturga komponentalarni joylashtitrish 
mumkin. U dasturning sarlavhasidan boshlanadi.


46-rasm. Forma oynasi 

Yüklə 35,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin