Object Inspector oynasi
(Object Inspector) obyekt xossalari va
hodisalarini tahrirlash uchun xizmat qiladi. Obyektga yoʻnaltirilgan
dasturlashda dastur bu obyektlar tizimi boʻlib, har bir obyekt bir qator
xossalarga ega boʻlishi mumkin. Xossa esa ma’lumotlar va ularni
boshqarish usullaridan iborat. Obyekt xossalari bu – obyektga berilgan
xarakteristika boʻlib, uning koʻrinishi, joylashishi va holatidir. Bundan
tashqari obyekt turli hodisalarni ham oʻrnatishi mumkin. Hodisa deb
bajarish, boshqarish usuliga aytiladi, masalan, sichqonni bosish, kursorni
siljitish va hokazo amallarga aytiladi.
Object Inspector oynasi xossa va hodisalar parametrlarini oʻrnatish
uchun moʻljallangan boʻlib, u ikkita sahifadan iborat: Propierities
(xossalar:a-rasm) va Events (hodisalar: b-rasm).
a)
b)
47- rasm. Object Inspector oynasi
a) “Properties” darchasi, b) “Events” darchasi
Propierities sahifasi ajratilgan obyekt yoki komponentaning xossalarini
oʻrnatadi. Masalan, Caption (yozuv) yordamida obyekt yozuvini oʻrnatish
mumkin, Color (rang) xossasi obyektning rangani oʻrnatadi.
Events (hodisalar) sahifasida Forma ilovasida tanlangan obyekt uchun
dastur bajarilishi jarayonida hodisa, ya’ni uni ishga tushirish holati
belgilanadi. Har bir holatning standart nomi belgilangan. Masalan,
OnClick – sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish, OnDblClick –
sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish.
Obyektlar roʻyxatini koʻrish oynasi
(Object Tree View) dasturda
ishlatilayotgan komponentalarni daraxt koʻrinishida tasvirlab beradi.
Komponentalarni joylashuvini va ularning holatini koʻrsatib turadi.
48-rasm. Obyektlar roʻyxatini koʻrish oynasi
Dastur kodlarini kiritish oynasi
(Unit.cpp) yaratilayotgan yangi
dasturning kodini (matni) kiritish va uni tahrirlash uchun foydalaniladi.
Dasturda ma’lum jarayonini amalga oshirishi uchun kerak boʻladigan
operatorlar ketma-ketligi kiritiladi.
49-rasm. Dastur kodlarini kiritish oynasi
Konsol muhitida “Hello world” soʻzini chiqaruvchi dasturni koʻrib
chiqamiz. Buning uchun yangi konsol muhitini ochamiz. Ochilgan
muhitda quyidagi dastur matni kiritiladi:
#include
#include
#include
#pragma hdrstop
//
#pragma argsused
int main(int argc, char* argv[])
{
cout << "Hello, World!" << endl;
getch();
return 0;
}
//
Natijada quyidagi dastur koʻrinishi paydo boʻladi:
Misol. R radiusli sharning hajmi quyidagi formula boʻyicha
hisoblansin:
V
=
4
R
2
3
Dastur quyidagi koʻrinishda boʻladi.
#include
#include
#include
#include
#include
#pragma hdrstop
//
#pragma argsused
int main(int argc, char* argv[])
{ float pi=3.14;
float r,v;
cout << "R radius qiymatini kiriting:"<<"\n";
cin >>r;
v=4/3*(pi*pow(r,2));
cout << "Natija: "<<"\n";
cout <<"Shar hajmi x="<getch();
return 0;
}
//
Dastur matni kiritib boʻlingandan soʻng F9 tugmasi bosiladi va natijada
quyidagi dastur koʻrinishi paydo boʻladi:
1-misol.
y
funktsiyaning qiymatini aniqlash dasturi tuzilsin. Konsol
muhitida amalga oshirilsin Dastur matni quyidagi koʻrinishda boʻladi:
//
#include
#include
#include
#include
#include
#pragma hdrstop
//
#pragma argsused
int main(int argc, char* argv[])
{ float y, r, m;
cout<<"r -qiymatini kiriting"<<"\n"; cin>>r;
cout<<"m -qiymatini kiriting"<<"\n"; cin>>m;
if (r>=m+1)
{y=(4*r+3*pow(m,2))/(r-m);
cout<<"Funksiya 1-shart asosida aniqlandi, y="<{y=fabs(r-m);
cout<<"Funksiya 2-shart asosida aniqlandi, y="<}
getch();
return 0; }
//
Dastur matni kiritib boʻlingandan soʻng F9 tugmasi bosiladi va natijada
quyidagi dastur koʻrinishi paydo boʻladi:
Nazorat savollari:
1.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayoniga ta’rif bеring.
2.
Shartsiz o‘tish opеratori va uning qo‘llanishi.
3.
Shartli o‘tish opеratorining to‘liq ko‘rinishi.
4.
Shartli o‘tish opеratorining qisqa ko‘rinishi.
Dostları ilə paylaş: |