30
Eslatma. Takroriy so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan
ot va fe’llar qo’shib yoziladi: pirpirak, hayhayla, sharshara, qahqaha.
4-topshiriq: Gap tuzing. Gapda so’zlarning tuzilishiga ko’ra
barcha turlari ishtirok
etsin.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Leksikologiya
Har qanday tilni o’rganayotgan paytimizda, eng avvalo,
bizni qurshab turgan
narsa va hodisalarning amaliy hayotimiz bilan bog’liq bo’lgan turli xil harakati,
holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda
qanday ifodalanishini, nomlanishini
bilishdan boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so’zlar yig’indisi shu tilning
lug’at tarkibini tashkil qiladi.
Leksika atamasi 2 ma’noda qo’llaniladi:
a)tilning lug’at tarkibi, so’zlar yig’indisi;
b)lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi.
Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham
qo’llaniladi. Leksikologiya (yunoncha - so’z, so’zga doir, logos – ta’limot) so’z va
uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limidir. Bizning lug’at boyligimiz
so’z va iboralardan tashkil topgan. So’z (atama, qo’shma, juft, takroriy so’zlar) –
leksik birlik deyiladi. Ibora frazeologik birlik deyiladi. Ikkalasi birgalikda lug’aviy
birlik deb yuritiladi. So’z va iboralardan nutq jarayonida
tayyor holda
foydalanamiz.
So’z va leksema. Nutqimiz so’zlarning qo’shiluvidan hosil bo’ladi.So’z
bo’lishi uchun tovushlar birikmasining o’zigina kifoya qilmaydi. Ma’lum tovush
va tovushlar birikmasi ma’no bilan bog’langandagina so’zga aylanadi. Demak,
so’zning 2tomoni mavjud: a)moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi),
b)ma’no tomoni ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan
tovush yoki tovushlar birikmasi so’z deyiladi. Har bir so’zning 2 xil ma’nosi
bo’ladi:
1.Atash ma’no (leksik ,lug’aviy ma’no)
2.Grammatik ma’no.
So’zning
borliqdagi narsa, belgi, harakat, son kabilar haqidagi ma’lumoti atash
ma’no deyiladi: soat, yetti, yurmoq, non. Atash ma’no narsa, belgi, harakatning
aynan ozini emas, balki ular haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi: uy (yashash
uchun quriladigan inshoot), quyosh (osmon jismi), qizil (rang).
Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi
ma’nodir: daraxt so’zi ot turkumiga mansub. So’zlarning grammatik ma’nosi
morfologiya bo’limida o’rganiladi. Demak,nutq jarayonida har bir so’z leksik va
grammatik ma’nolar uyg’unligidan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: