33
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Metonimiya (yunoncha-,,qayta nomlash’’) narsa va hodisalarning o’zaro
bog’liqligi asosida bir predmet nomi bilan 2-ni ifoda etishdir. Bunda 2 predmet
o’rtasida hech qanday o’xshashlik bo’lmaydi.Ular orasidagi doimiy bog’lanish
tufayli birini aytganda 2-si ham anglashiladi: bir kosa suv ichdim deyish o’rniga
bir kosani simirdim.
Metonimiyaga misollar:
1.Navoiyni(asarlarini) o’qidim.
2. ,,Hamza’’ga(teatri) bordik.
3. 6 ga(avtobus) mindim.
4.Aauditoriya(odamlar) kuldi.
5.Majlis (odamlar)qaror qiladi.
6.Ichak-chovag’im tugadi, endi kalla sotaman.
7.Qani, mehmon dasturxonga qarang.
8.Butun mahalla-ko’y Razzoq so’figa rahmat aytishdi.
9.Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.
10.Navbatim jinsiy kiygandan keyin.
2-topshiriq: Metonimiyaga beshta misol keltiring.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Sinekdoxa (yunoncha- birga anglamoq, qo’shib fahmlamoq)
qismning nomi bilan
butunni yoki butunning nomi bilan qismni atash hodisasidir.M:
Ehtiyot bo’lib
gapiring, aylanay, ichimizda quloqlar bo’lishi mumkin.
Sinekdohaga misollar:
1.Qo’shnimiz o’n yildan beri tirnoqqa zor.
2.Tog’da hammamiz birgalikda tuyoqlarni ko’paytiryapmiz.
3.Men egma qoshimga sajda qilaman (qism orqali butun).
4.Kechki ovqatni qilayotganimda qo’limni kesib oldim.
5.Og’ayni besh qo’l barobar emas-ku, axir. (butun orqali qism).
6.Kechgacha tuz totmay qo’ydi.
7.Meni u eshikka qadam bostirmaydi.
8.Urush ko’plarning yostig’ini quritdi.
9.G’ilayning rejasi guruh boshlig’iga yoqdi.
10.Bizning uyimiz olti tomdan keyin joylashgan.
3-topshiriq: Sinekdoxaga beshta misol keltiring.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Vazifadoshlik bir narsaning vazifasini 2- bir narsa bajarishi natijasida
avvalgisining nomi bilan keyingilarini ham ifodalashdir: insonning tomiri –
34
daraxtning tomiri, miltiqning o’qi – komonning o’qi, elektr chiroq – shamchiroq,
qushning qanoti – samolyotning qanoti. Misollar:
1.Sekinroq devorning ham qulog’i bor.
2.Tinglovchilarning hammasi bir quloqqa aylandi.
3. Yoshlarimizga hech qachon ko’z tegmasin.
Kinoyada so’zlar aks ma’noda qo’llaniladi. Yozuvda bunday ko’chishlar
qo’shtirnoqqa olinadi: ,,Matematik’’ sinfdoshimning tuzgan tenglamasi hammani
lol qoldirdi.
Tag ma’no butun boshli gapning kichik hajmdagi matnda ko’chma ma’noda
qo’llanishidir: Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasmida? Er: Afsuski,
yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan.
Eslatma.So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi badiiy uslubda ko’proq uchraydi.
Ba’zan ommaviy va og’zaki so’zlashuv uslublarida ishlatiladi.
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari
Ular 4 xil bo’ladi:
1. Omonimlar (shakldosh so’zlar) 2. Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar)
3.Antonimlar (zid ma’noli so’zlar) 4. Paronimlar (ohangdosh so’zlar).
Dostları ilə paylaş: