11
3. Harf birikmalari: ch, ng,sh
Eslatma:1. Tutuq belgisi bo’g’in ko’chirilayotganda oldingi bo’g’inda
qoldiriladi: va’-da, in’-om. 2. O’zlashma so’zlarning bo’g’inlari chegarasida
kelgan 2 yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko’chiriladi; a)ikki undosh
kelsa:dia-
gramma, mono-
grafiya; b)uch undosh kelsa: i
n-
gliz, ko
n-
gress, ko
n-
trakt.
Urg’u. So’z bo’g’inlarida yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining
boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg’u deyiladi. Urg’u 2 xil
bo’ladi: 1) so’z urg’usi, 2) gap(logik,
mantiqiy, ma’no , frazaviy) urg’usi. So’z
bo’g’inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z
urg’usi deyiladi.Tilimizda so’z urg’usi ko’pincha so’zlarning oxirgi bo’g’iniga
tushadi. So’zda bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgi bo’g’inga ko’chib
boradi. Masalan: dala, dalalar, dalalarga.
O’zlashma so’zlarda urg’u qaysi bo’g’inda bo’lishidan qat’i nazar urg’u oladigan
o’zbekcha qo’shimcha qo’shganda, urg’uning joyi o’zgaradi.Masalan: dir
ektor –
direktorn
i. O’zbek adabiy tilida quyidagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga
tushmaydi:
1. Ba’zi olmoshlarda: qaysi, nechta, kimdir,hamma, yalpi, bari, allakim.
2. Ba’zi modal so’zlarda: afsuski, albatta, zero.
3. Ba’zi bog’lovchilarda: lekin, ammo, balki, ba’zan.
4. Ba’zi ravishlarda: hamisha, doim, yangi, hozir.
5. Fe’lning buyruq shaklida: kelsin, keltir.
Tilimizda shunday qo’shimchalar
ham borki, ular hech qachon urg’u olmaydi.
Ular quyidagilar:
1. Sonning ma’no jihatdan turlari: -ta ,-tacha.
2. Ravish yasovchi qo’shimcha: -cha, day ,-dek
3. Fe’llarda: a)bo’lishsizlik qo’shimchalari: -ma, -may, -maslik;
b)shaxs-son qo’shimchalari: -(i)m, -(i)miz, -man, -san, -miz, -siz;
d) zamon qo’shimchalari: -di, -gan, -moqchi, -r, -ar, -yap.
e) –la fe’l yasovchi qo’shimcha: bog’la, ishla
4. Yuklamalar: -mi, -chi,- ku, -da,- a, -ya, -u, -yu, -gina, -oq, -yoq.
5. Bog’lamalarda: -man, -san, -miz, -siz, - dir
6. Familiya qo’shimchalari: -ov(a), -yev(a).
Eslatma: Ko’makchilar ham urg’u olmaydi.
Urg’u ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi. Bunday so’zlar
ikkita talabga javob
berishi shart:
1)so’zlar omonim bo’lishi;
2)so’zlar ikki va undan ortiq bo’g’inli bo’lishi. Masalan: bog’lar(ot, bog’ning
ko’pligi)-bog’lar(fe’l, ipni bog’lar), hozir(ravish, shu vaqt)- hozir(hoziri nozir),
yangi(sifat)- yangi(ravish), etik(ot)- etik(sifat), akademik(ot, ilmiy unvon)-
akademik(sifat, akademik litsey).
Dostları ilə paylaş: