92
I.Tovushga taqlid so’zlar narsalarning ovoziga taqlid qiluvchi so’zlar yoki xilma-
xil tovushlarni nutq tovushlariga ko’chirishdir: taq-tuq, shaq-shuq, inga, g’iz-
g’iz, qirs, tars, didit, miyov, vov, paq-puq. Ular otlashadi va gapda ega,
aniqlovchi yoki to’ldiruvchi bo’lib keladi. M:
Bolalar, shov-shuvga e’tibor
qarating.
II. Holatga taqlid so’zlar tabiatdagi xilma-xil shu’la, harakat, ko’rinishlarni
tovushga ko’chirishdir yoki narsalarning holatiga taqlid bildiruvchi so’zlardir: yalt-
yult, yarq, pir-[ir, jiz, shuv, lapang-lapang, chirt, yal-yal. Ba’zi taqlid so’zlar ham
holatga, ham tovushga taqlid bildira oladi: jiz, tars, duv. M:
Holam ovqatni
boshlashi bilan jiz degan ovoz eshitildi.(tovush) Kitobni ko’rib, kampirning yuragi
jiz etdi. (holat)
Taqlid so’zlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi: sharshara, varrak,
shiqildoq, qarsak, qahqaha (ot); jizzaki, jirtaki, jirtilloq (sifat); vovulla, shovulla,
pirilla, yaltira (fe’l).
SINTAKSIS
So’z birikmalari hamda gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o’rganuvchi
tilshunoslik bo’limi sintaksis deyiladi. Har qanday til o’zining so’zlari, iboralari va
qo’shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksis bo’limida to’liq namoyon qiladi.
Eslatma: Til birliklari:
gap, so’z birikmasi, so’z,tovush, qo’shimcha.
Sintaksis so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi hamda gap tuzilishi qonun-
qoidalarini o’rganganligi uchun unda quyidagi bo’limlar mavjud:
a)
so’z birikmasi sintaksisi; b)
gap sintaksisi.
So’zlarning o’zaro bog’lanishi ikki xil bo’ladi:
1) teng bog’lanish – bir mustaqil so’z boshqasiga ergashmay, izohlamay
bog’lanishi, ikki so’zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo’ysunmay
bog’lanishidir. M: opam va kitob, uy va tom;
2) tobe bog’lanish – bir mustaqil so’z boshqa mustaqil so’zni izohlaaydigan
bog’lanish tobe bog’lanish deyiladi. Bir so’zning boshqa bir so’zga bo’ysunishi
orqali bog’lanishi:
opamning kitobi, uyning tomi.
So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmalarini hosil qiladi. So’z qo’shilmasida
har bir so’z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish
xususiyatini saqlab qoladi.M:
ruchka bilan qalam, daftar va kirob. So’z
qo’shilmalari teng bog’lovchilar va sanash ohangi bilan bog’lanadi. M: olma va
o’rik; olma, o’rik, gilos
Dostları ilə paylaş: